Читать онлайн книгу "Allamjonov aybdor"

Allamjonov aybdor
Komil Allamjonov


Qo?lingizdagi kitobda mening hali unchalik uzun bo?lma- gan hayot yo?lim aks etgan. Bu badiiy asar yoki monografiya emas. Ushbu kitobni o?qigan yoshlarimiz o?zlariga ozgina bo?lsa-da, motivatsiya olsalar, faqat xursand bo?laman. Xato, kamchiliklarga duch kelsangiz, aybga buyurmaysiz.

Kitob ustida ishlash jarayonida turli fikrlar bo?ldi. Xavotir, shubhalar ham tug?ildi. Biroq shaxsiy fikrimcha, agar ko?ngil toza, maqsad xolis bo?lsa, Allohning O?zi asraydi.

Bunday kitoblar bizning yurtda ham shov-shuvli yangilik emas, odatiy hol sifatida, ko?p bo?lishi kerak. «Kitob o?qi!», deb targ?ib qilsag-u, lekin yangi(cha) kitoblarni chop etishga qo?rqib o?tirsak, o?tiraveramiz. Hayotim davomida ko?p holatda Allohga tavakkal qilib, shu bugungi darajaga yetib keldim. Bu safar ham xuddi shunday qilaman. Nima bo?lsa – peshonadan.

Pandemiya davrida, uyda bekor o?tirganda, shu kitobni yo- zishni Alloh ko?nglimga soldi. Yaxshilikka bo?lsin ilohim.





Komil Allamjonov

Allamjonov aybdor













So?zboshi

Bu kitob nega kerak?

Kitob yozishdan maqsad uchta bo?lishi mumkin. Bundan ikkisi menga taalluqli emas.

Birinchisi – pul ishlash. Menda bunday zarurat yo?q.

Ikkinchisi – qanchalik zo?r ekanimni butun dunyoga namoyish etish. Lekin o?zimizda ham, chet elda ham ko?pchilik meni taniydi, borimcha biladi. Shunday ekan, hech kimni alday olmayman.

Va nihoyat, uchinchi sabab – o?zim istagan insonlarga – o?n beshdan o?ttiz yoshgacha bo?lgan, atrof-olamga qarab turib: «Bu yog?iga nima qilsam ekan? Kun sayin o?zgarib borayotgan jamiyatda qanday yashab ketaman? Orqamda turib beradigan, qo?llaydigan odamim bo?lmasa ham yuzaga chiqa olarmikinman, kimga kerakman o?zi? Orzularim ushalarmikin?» deb o?ylanayotgan yoshlarga muhim fikrlarni yetkazish.

Sizga o?zim haqimda, qanday qilib oyoqqa turganim, hozirgi darajaga yetishimga nimalar turtki bo?lgani haqida gapirib bermoqchiman. Hech narsani nazardan qochirmaslikka harakat qilaman.

Bu kitobni yozishga kirishguncha o?zimni juda omadli deb hisoblardim. Butun umr omad kulib boqqandek tuyulardi. Mana hozir ham, shinamgina uyimda, oilam davrasida o?tirib yozyapman. Muvaffaqiyatli biznesim, qiziqarli loyihalarim bor. Peshonaning yarqiragani shu emasmi?!

Lekin boshimdan o?tgan voqealarni birma-bir eslab, omadim chopgan paytdan ko?ra ishim yurishmagan vaqtlar ko?proq bo?lganini tushundim. Bitta muvaffaqiyatga erishish uchun shunchalik ko?p muammoga duch kelgan ekanmanki, buni yuz foiz omad deb ham bo?lmaydi.

Bilasizmi, onam – doya-hamshira. Doyalarga alohida imtiyozlar berilmagan. Bittagina kafolatlangan qulaylik – farzandlarini o?zi ishlaydigan tug?ruqxonada, ishonchli shifokorlar qo?lida, hamkasb do?stlari orasida dunyoga keltirish. Xullas, men tug?iladigan paytim shuyam o?xshamagan, onamning ishxonasi sanitariya-dezinfeksiya ishlariga – «moyka»ga yopilib qolgan.













I

Vazir keldi

Go?dakligimda kattalarning oyog?i ostida o?ralashib, injiqlik yoki sho?xlik qilsam, buvim doim: «Uni tinch qo?yinglar, urishmanglar. Bu bolam ministr bo?ladi», – derdilar.

U vazir bo?ladi.

Nega unday deganlarini bilmayman. Buvimning fikricha, oilamizda mendan boshqa hech kim ministr bo?lolmasdi. Avtoslesar bilan hamshiraning o?g?li bir kun kelib obro?-e?tiborli, katta odam bo?lishini xayolga ham keltirish qiyin edi.

Oyimni savolga tutaman. Ular ham buvim nega bunday deganlarini bilmaydilar.

Mana endi, oradan o?ttiz yildan ko?proq vaqt o?tib, O?zMAA1 binosining xolida turibman. Ministr bo?lib. O?zbekiston Мatbuot va axborot agentligining direktori maqomiga ko?ra vazir hisoblanadi. Kattagina binoning birinchi qavati. Devor, shiftlari to?kilay deydi, pollari chirib yotibdi, hamma yoq vayrona, chiqindi. Hatto vazirning, ya?ni mening xonamdan kanalizatsiyaning badbo?y hidi anqiydi. Stalin davridan qolgan bu eski imorat oxirgi marta qachon ta?mirlanganini birov eslolmaydi.

Binodagi besh yuzdan ortiq xonaning deyarli hammasini ijarachilar egallab olgan. Xotin-qizlar qo?mitasi, qaysidir partiyalar, qandaydir nashriyotlar, tadbirkorlar va yana kimlardir. Ichki hovlida mashinalar tiqilib ketgan. Hech kim menga ahamiyat bermaydi, odamlarning unisi u yoqqa, bunisi bu yoqqa o?tib yuribdi. Ikkinchi qavatning chap qanotidagi kaftdek joy – mana shu O?zMAA.

Meni jamoaga tanishtirish uchun Bosh vazir o?rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo?chqorov keldi. Tanishtirdi-yu jo?nab ketdi. Majlislar zaliga tipografiyalarning yoshi o?tib qolgan direktorlari, boshqarma boshliqlari yig?ilgan. Har biri bu tizimda salkam yarim asr – Sovet Ittifoqi davridan beri ishlab keladi. O?sha lahzada menga bo?lgan munosabatni aniq his qildim: go?yo xonaga yosh bola adashib kirib qolgan-u, buvisi mehr bilan: «Bolamni urishmanglar, u vazir bo?ladi», deyayotgandek. Xonadagilar menga parvo qilmay, o?zaro gaplashib o?tirishibdi. Eshikdan kirib kelgan yoshgina ko?zoynakli yigitchaga e?tibor qaratgandan ko?ra, yonidagi obro?li hamkasbining suhbati muhimroq ular uchun.

Maosh tarqatish vaqti kelib qolgan, O?zMAA hisob raqamida esa 18 million so?m pul bor edi. Bosh buxgalterni chaqirtirdim. Nima qilamiz? Pul qani? Qanday ishlardinglar o?zi?

– Xavotir olmang, Komil Ismoilovich, tipografiyalar bizga oborotidan 2% o?tkazsa, maoshni yopamiz.

Bu haqda to?liqroq ma?lumot berishni so?rab, o?zim uchun qiziq narsalarni bilib oldim. To?g?ri, tizimdagi hamma tashkilotlar O?zMAAga bo?ysunadi. Ya?ni mantiqan olganda, ular bosh idoraga gap-so?zsiz mablag? o?tkazishi shart. Ammo hech qachon bunday bo?lmagan. Bosh hisobchi har oy xodimlarga maosh to?lash vaqti kelganda: «Iltimos, bizga mablag? o?tkazib bering», – deb yalinishga tushadi. Va har gal: «Imkon tug?ilsa, beramiz. Bo?lganda olasizlar», – degan kibrli javobni eshitadi.

– Komil Ismoilovich, ularni ko?ndiraman, shu paytgacha amallab kelganmiz, – dedi hisobchi meni «yupatib».

Demak, beshta nashriyot: «O?zbekiston», «O?qituvchi», «G?afur G?ulom», «Cho?lpon» va «O?zbekiston milliy ensiklopediyasi» oldin o?zini taroziga soladi. Oxiri rahbariyatning iltimosini bajargan bo?lib, pul o?tkazadi, xuddi ehson qilgandek.

– Unaqasi ketmaydi, – dedim.

– Iya, Komil Ismoilovich, sohaning kitlari-ku ular! Qo?ying, aralashmang, o?zim hal qilaman.

Bosh hisobchi yillar davomida quyi tashkilotlardan tilanib pul undirishni oddiy hol deb kelgan. U o?zicha meni bu yoqimsiz jarayondan asramoqchi bo?ldi.

Men O?zMAAga bo?ysunadigan barcha tashkilotlar rahbarlarini katta umumiy majlisga chaqirtirdim. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori o?sha zahoti ishi ko?pligi, kelishga vaqti yo?qligini aytdi. «Qarshi bo?lmasangiz, keyin o?zingizga alohida uchrarman, maylimi, Komiljon?»

Men belgilangan vaqtda keldim. Vazir kursisiga o?tirdim. Odamlar xonaga kirib chiqib, u yoqdan bu yoqqa yurishibdi. Meni bir tiyinga olishmayapti, xuddi bu yerda umuman yo?qdekman. Indamay, sabr qilib turdim. Oxiri chidolmadim:

– Marhamat qilib o?tirib olinglar. Boshlaymiz. Bir-birimizni ozgina hurmat qilaylik.

Hamma joylashib oldi. Menga yov qarash qilib o?tirishibdi, suhbatning beliga tepdim-da! Eng gigant nashriyot – «O?zbekiston»ning direktorini turg?izdim.

– Qani, gapirib bering-chi, ishlar qanday ketyapti?

– Agar men gap boshlasam, bu yerda ertalabgacha o?tiramiz, – javob berdi u mensimaygina.

– Kerak bo?lsa, o?tiramiz, – dedim men. – Boshlang.

Bu haqda hozir gapirish oson, lekin tartib o?rnatishning o?zi bo?lmadi. Ishni O?zMAA direktori nomidan binoda o?tirgan barcha ijarachilarga xat yozishdan boshladim: «Tez kunda egallab turgan xonangizni bo?shatishingizni so?rayman».

Ijara to?lovining sharti oddiy ekan: Agentlik hisob raqamiga arzimagan mablag? o?tkaziladi, qolgan pul naqd beriladi. Xomcho?t qilib ko?rdim. Oyiga ellik ming dollardan ko?proq pul kelib turgan. Shuncha pul qayoqqa ketgan, bilmayman. Bosh ofisga pul tushadimi, yo?qmi, hech kimni qiziqtirmagan. Bino esa xarobaga aylanib bo?lgan.

Menga bu pulning keragi yo?q edi. Qo?l ostimdagilar sal hayron bo?lishdi. To?g?ri, biznes bilan shug?ullanishimni, o?zimga yarasha daromadim borligini hamma biladi, lekin pul hech qachon ortiqchalik qilmaydi-ku!

Tabiiyki, «Ijarachilarga tegmang», degan iltimoslar yog?ila boshladi. Hech kim issiq o?rnini yo?qotgisi kelmasdi. Yuqoridan, vazirlik va idoralardan qo?ng?iroq qildirib, yangi direktorga bosim o?tkazishga harakat qilishdi. Faqat Xotin-qizlar qo?mitasining o?sha paytdagi raisi Tanzila Kamolovna2, ular uchun ajratilgan yangi binoning qurilishi hali oxiriga yetmagani, ozgina vaqt berilsa, bir yo?la ko?chib chiqib ketishlarini tushuntirdi. Ularning so?zini ikki qilolmadim. Qolganlarga qattiq turdim. Bino – bizniki, xodimlarimga sharoit yaratib berishim kerak. Ichki hovli yopildi, uyum-uyum axlat chiqarib tashlandi, xonalar, xoll, yo?laklar ta?mirlandi. Bularning hammasi kimning hisobidan bo?lganini gapirishga hojat yo?qdir-a?! Bino ta?miri oilaviy biznesimga qimmatga tushdi, oldinda esa hali ish ko?p edi.

Esimda, tadbirlardan birida Bosh vazirning birinchi o?rinbosari Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov3 bilan uchrashib qoldik. Hozir nima ishlar bilan bandligimni so?radi. O?zMAAni boshqarayotganimni aytdim.

– Nima tashkilot edi u, eslatib yuboring? – so?radi Ramatov.

O?zMAA shu darajada bor-yo?qligi bilinmaydigan, mudroq tashkilot bo?lganki, hatto Bosh vazirning birinchi o?rinbosari bu Agentlikni birdaniga eslolmadi. Tashkilot rahbarlari Vazirlar Mahkamasi yig?ilishlariga deyarli chaqirilmagan. Direktorini faqat «baxt maktubi» olib turgan gazetalarning muharrirlarigina tanigan – uni olib tashla, buni tahrir qil… Faqat bir marta, janob Tangriyev4 «ma?naviyatga zarar yetkazganlar»ga (uning nazarida, albatta) qarshi O?zA orqali ayovsiz kurash e?lon qilganida, uning dongi hamma yoqqa tarqaldi.

Ammo mening oldimda turgan eng asosiy masala binoni ta?mirlash emas, Agentlik direktorining nufuzini ko?tarish edi, albatta. Xo?p, buning uchun nima qilish kerak? Mansab guvohnomasini pesh qilib, atrofdan izzat-hurmat kutish befoyda. Yaxshisi, jang san?ati qoidalarini qo?llagan ma?qul. Birinchi navbatda asosiy raqibni, kim boshqalarga ta?siri, so?zini o?tkazishini aniqlab, zararsizlantirish shart.

Xodimlarni attestatsiyadan o?tkazib, bir kun ichida bir necha kishini ishdan bo?shatdim. Keyin butun jamoa oldida Monitoring markazi direktori Xurshid Mamatovni lavozimidan oldim. Aynan uning guruhi








Yaxshiyamki, ishdan ketganimga achingan oddiy jurnalist va blogerlar himoya qilishgani, bo?lmasa bular meni yanchib tashlashga tayyor edi.

Monitoring markazi O?zMAA ichidagi eng yopiq tuzilma bo?lib, hech qaysi direktor uning ostonasidan hatlab o?tmagan. Bir kuni xonamdan chiqarkanman, begona kishining kotibimga surbetlarcha o?shqirayotganini eshitib qoldim. Kotibiyatdagi yigitlar esa indamay turishibdi.

– Siz kimsiz? – so?radim men.

– Men Monitoring markazidanman! – mensimay javob berdi u.

Ulardan hamma cho?chirdi, chunki o?zlarini salkam butun olam xo?jayinlaridek tutishardi.

– Chiqib keting bu yerdan! – aslida bundan qo?polroq gapirdim. – Kim bo?libsiz, xodimlarimga do?q uradigan?

Ko?rinishidan ziyoli va og?ir-bosiq rahbardan bunaqa muomala kutmagan haligi kishi dovdirab qoldi. Indamay chiqdi-ketdi. Men o?sha zahoti Monitoring markazidagilarni yig?ilishga chaqirdim.

Kirib borganimda, hammaning ko?zi menda, birov qiziqib, birov xavfsirab qarab turardi.

– Hozir sizlarga qiladigan yaxshiligim shuki, – dedim Markazning direktori va yana bir necha xodimga, – o?z arizangizga ko?ra ishdan bo?shataman va sizlarni xotiramdan o?chirib tashlayman!

Monitoring markaziga shu paytgacha amalda hamma ishni yuritgan Dilnoza Ziyomuhammedova5 direktor bo?ldi. Hozir u Prezident Administratsiyasi rahbarining o?rinbosari. Fahm-farosatli, harakatchan oddiy xodimlarni direktor o?rinbosarlari lavozimigacha ko?tardim. Muddat qo?ydim, yo?l-yo?riq ko?rsatib, hammani ishga solib yubordim.

Endi eng ulkan va bo?ysunmas kit – «O?zbekiston» nashriyoti qoldi. O?sha, direktori «gapirsam, ertalabgacha o?tiramiz», – degan nashriyot. Rostdan ham yangi vazirga aytadigan gaplari ko?p ekan – tipografiyadagi qo?shib yozishlar, talon-tаroj, mulkni o?zlashtirish holatlarining tarixi juda uzun, Ittifoq davriga borib taqalarkan. Hukumatning barcha doiralari bilan aloqalari zo?r yo?lga qo?yilgan. Hatto qo?shni davlatlar miqyosida ham. O?z-o?zidan ma?lumki, hamma hujjatlari joyida.

«O?zbekiston» respublikaga vagonlab qog?oz olib kiradigan nashriyot edi.

Ayrim faktlarni tahlil qilgan holda, katta ehtimol bilan davlat kursida olingan qog?oz mamlakat ichida bozor narxida sotilganini taxmin qilish mumkin. O?rtada juda katta pul aylanardi. Shuning uchun nashriyot direktori meni rahbar sifatida tan olmadi, topshiriqlarimni bajarishni xayoliga ham keltirmadi. «Seriy kardinal» Mahmudjon Zaytaуev6 bo?lib chiqdi. Lavozimida ellik yildan beri o?tirgan mansabparast, amaldor bu otaxon hech nimadan tap tortmasdi.

Tipografiya doim davlatdan katta buyurtmalar olib, darslik, kundalik va daftarlar chop etsa ham, davlatga foyda keltirmas, aksincha, zararga ishlardi. Aslida daromad kimlarningdir cho?ntagiga tushar, tizimda mehnat qilayotgan 650 nafarga yaqin ishchi esa arzimagan maoshini ham vaqtida ololmasdi.

Ularning daromad topish yo?llarini o?rganib, «Qoyil!» deb yubordim. Qog?oz salfetka-sochiqchalar va hojatxona qog?ozi ishlab chiqaruvchilarga o?ram-o?ram chiqindini ham pullashar ekan, shovvozlar! Tabiiyki, undan ham «otkat» – ulush olishgan. Xullas, hamma narsadan pul qilingan. Almisoqdan qolgan nashriyot uskunalari esa tez-tez ishdan chiqar, ularni yangilash va zamonaviy texnikani ishga tushirish zarur edi. Lekin ehtiyot qismlardan ham «otkat» olmasa bo?lmaydi.

Mening hisob-kitobimga ko?ra, kimlarningdir cho?ntagiga har yili millionlab dollar tushgan. Mamlakatdagi eng yirik nashriyot esa talon-tаroj qilingan, vayron bo?lgan. Lekin bu mening shaxsiy kuzatuv va xulosalarim. Men tergov olib boradigan, kimgadir ayblov qo?yib, dalil qidiradigan prokuratura emasman. Ammo o?z fikrimni aytishga haqqim bor, buni menga hech kim taqiqlay olmaydi.

Mayli.

Yangi yil arafasi. Ishchilarga mukofot puli tarqatilsin, deb topshiriq berdim. Korxonaning o?zida katta sahna qurdik. Sherali Jo?raуev, Yulduz Usmonova kabi san?at yulduzlari, taniqli qo?shiqchilarni taklif qildik.

O?ziyam rosa qizdirishdi!

Konsertdan keyin, ziyofat oxirida so?zga chiqdim.

– Kayfiyatlar qalay? – so?radim yig?ilganlardan. – Nimaga ba?zilarning yuzida xursandchilik ko?rmayapman? Yangi yil bayram-ku? Mana, mukofot puli olgan bo?lishingiz kerak…

O?tirganlar orasida g?ala-g?ovur boshlandi. Qanaqa mukofot? Hech kim hech nima olgani yo?q…

Rahbariyatning rangi o?chib ketdi.

– Men O?zMAA direktori sifatida o?z majburiyatimni bajardim, xodimlarni mukofotlash haqida buyruq berdim. Lekin rahbarlaringiz buyruqni bajarmagan.

– Kechirasiz, hali ulgurmadik… – degan mujmal javoblar eshitildi.

– Agar berilgan topshiriqni bajarmasangiz, sizlarni ishdan olishga majbur bo?laman, – bu gapni hammaning oldida, mikrofon orqali aytdim.

Ertasigayoq shoshilinch ravishda mukofot puli tarqatildi. Hech qanday protokol-u rasmiyatchilikka qarab o?tirmasligimni bilib, hayiqishdi, shekilli. Hammaning oldida nimani o?ylasam, o?shani gapiraman, ishdan shartta bo?shatishim mumkin, arizaga «o?z xohishiga binoan…» degan yozuvni tirkab, imijimida choponni yelkaga tashlab ketish yo?q.

Mukofotni vaqtida berish arzimagan masaladek ko?rinishi mumkin, lekin bu yangi rahbarning bir so?zli ekanini isbotladi. Shundan keyin ishchilarning muammolarini o?rgana boshladim. O?ziga xos ochiq eshiklar marafonini e?lon qildim. Istagan xodim kelib, dardini aytishi, savol yoki taklifini berishi mumkin edi. Ertalabdan boshlangan kirdi-chiqdi yarim kechagacha davom etardi. To?ylar, maoshlar, ta?tillar, davolanish, ijtimoiy imtiyozlar, xat-hujjat – ko?rmagan masalamiz qolmadi.

Odamlarni rag?batlantirish uchun «O?zbekiston» nashriyotida ishlaydigan hamma xodimlarning maoshini yaxshigina ko?tardim.

Tipografiya xodimlarini esa ogohlantirdim: kim o?g?rilik qilsa, javobgarlikka tortiladi. To?g?ri, «otkat»lar bilan solishtirganda bu pul xamir uchidan patirdek edi. Kimlardir baribir eski hunarini qo?ymadi va ishdan bo?shatildi.

Darvoqe, direktorning ham oyligini oshirdim. Undan oldin xususiy bozorda eng zo?r mutaxassislarning mehnati qanchaga baholanishini surishtirdim. Natijada, direktorning maoshi 2,5 milliondan deyarli 25 millionga chiqdi.

Oyligi rasman qancha ekanini aniqlaganimda, o?rtamizda noxushroq suhbat bo?lib o?tdi:

– Milliardlab pul aylanadigan, 650 kishilik jamoaga bosh-qosh rahbar bunaqa arzimagan oylikka ishlashi uchun yo ahmoq bo?lishi kerak, yoki o?g?ri. Siz qaysi birisiz? – so?radim kinoya bilan. – Shaxsan men qo?l ostimda ikkala toifa ham ishlashini istamayman.

Rahbarlar istalgan paytda lavozimidan ayrilishi mumkinligini tushunishdi. Topshiriqni bajarmasa, ishdan olaman. Qattiq va ayovsiz bosim o?tkazishga to?g?ri keldi.

Ma?lum vaqtdan keyin direktor qabulimga kelib, «o?z xohishiga ko?ra» lavozimidan ozod etishimni so?radi. Yo?q! Aniq bir sabab bo?lsa, bo?shataman, o?z ixtiyori bilan ketish yo?q!

Tipografiyalardan biridagi sexda ishchilar yerto?lada ishlashar ekan. Bino taxminan ellik yildan beri ta?mirlanmagan. Hamma yoqda namgarchilik, zax bosib yotibdi, xonalar nimqorong?i. Binoni epaqaga keltirish uchun bir hafta muddat berdim. Roppa-rosa bir hafta! Direktor ertasidan ishga chiqmay qo?ydi. Hamma ishni tashlab, yo?qolib qo?ya qoldi.

Nashriyotlarning rahbarlari qaltis vaziyatda edi. Meni na pora berib, na kimlargadir qo?ng?iroq qildirib o?zlariga og?dira olishdi. Bunday yuqori lavozim egasiga uncha-muncha odam haddi sig?ib iltimos bilan chiqa olmaydi. Shuning uchun yillar davomida nashriyotlar mablag?ini o?zlashtirib kelganlar sekingina juftakni rostlashdi.

Yo?limizga to?g?anoq bo?layotganlarning ildizini quritish kerak edi. Aks holda, ular ishlashga xalaqit berishlari, ustimdan yumaloq xatlar yozib, oyog?imdan chalishga harakat qilishlari aniq. Lavozimida qolganlarga har qanday qoidabuzarlik va sabotaj uchun albatta javobgarlikka tortishimni tushuntirib qo?ydim. Yoshi yoki ko?rsatgan xizmatlariga qaramay, hech kimni ayab o?tirmaymiz, aybdor jazosini oladi.

Moliyaviy tekshiruv O?zMAAga qarashli «O?zbekiston» nashriyoti zararga ishlayotganini ko?rsatdi. Vaholanki, davlat buyurtmalaridan hisob raqamiga milliardlab so?m tushib turardi. Vaziyatni o?rganib, tashkilot balansida sohaga aloqasi bo?lmagan qandaydir aktivlar, binolar borligi va ulardan foydalanish uchun juda katta mablag? sarflanishini aniqladik.

Eng ko?pxarj bino «O?zbekiston» nashriyoti qoshidagi yotoqxona ekan. Xodimlar u yerda o?n yillab, avlod-avlodi bilan yashaydi. Bino nashriyot balansida. Lekin ular doim ijara haqi to?lab kelgan.

Yuristlarga masalani o?rganib, qonuniy yechimini topish bo?yicha topshiriq berdim. Har bir oila ijara xonadonini o?z nomiga rasmiylashtirsin, yotoqxonada emas, shaxsiy uyida yashasin, dedim. Yechim topildi. Shuncha yil ijarada turgan ellikta oila boshpanali bo?ldi.

Har bir xonadonga birma-bir kirib, bir piyola choy ustida mezbonlarni gapga soldim. «Uyni o?z nomingizga rasmiylashtirishda muammo tug?ilmadimi? Hech kim hech narsa tama qilmadimi? Uyli bo?lish uchun kimningdir cho?ntagiga pul solish kerak, degan gaplar bo?lmadimi?» Hammadan bir xil javob eshitdim: «Yo?q, unaqasi bo?lmadi».

Bu bizning g?alabamiz edi! Uy taqsimoti uchun javobgarlar, agar ortiqcha gap chiqsa, albatta qulog?imga yetib kelishini bilib, bir tiyin ham undirishga harakat qilishmagan. Binoni ta?mirlab berishni bo?ynimizga olgandik, va?damizning ustidan chiqdik. Ishchilar hovlida katta dasturxon yozib, xudoyi qilishdi. Meniyam taklif etishdi. So?zga chiqib, bu uylar yurtimiz Prezidenti hamda Agentlik tomonidan taqdim etilayotgani, hujjatlar qonuniy rasmiylashtirilgani va mendan keyin ham ishchilardan uyni hech kim tortib ololmasligini aytdim. Kimdir xursandchiligini ichiga sig?dirolmay yig?lagan, kimdir kulgan, hammaning ko?zi chaqnab turibdi, xullas, esdan chiqmaydigan kun bo?ldi.

Prezident siyosatining asosi ham odamlar turmushini yaxshilashdir. Men esa komandaning bir a?zosi sifatida shu ishga ozgina bo?lsa ham hissam qo?shilganidan mamnun edim.

Shuncha yil omonat uyda hayot kechirish, omonat uyda farzand ko?rib, to?y-tomoshalar qilish, istalgan paytda ko?chada qolishi mumkinligini o?ylab, qo?rqib yashash… Hozir o?z uylarida tinch-xotirjam yashayotgan o?sha odamlar duolarida meni ham eslab qo?yishadi, degan umiddaman.

Yana balansimizda respublikadagi yagona matbaa-noshirlik kasb-hunar kolleji ham bo?lib, yopilish arafasida turgan ekan.

Qabulimga direktori keldi.

– Binoni bo?shatib berishimiz kerak, – dedi.

– Xo?p, yaxshi. Matbaachilarni qaуerda tayyorlaymiz unda?

– Kollejning o?zi bo?lmaydi! – xo?mrayib javob berdi direktor.

– Mamlakatda 1600ta matbaa korxonasi ishlab turibdi-yu, matbaachi tayyorlaydigan birorta o?quv dargohi bo?lmaydimi?! Bunaqasi ketmaydi!

Kollejni saqlab qoldik. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi Qaroriga o?zgartirish kiritilishiga erishdik. Kollejning yopilishiga yo?l qo?yib bo?lmasdi. Chunki kitob, darslik, o?quv qo?llanmalari, ko?rgazmali tashviqot vositalari o?rnini hech nima bosa olmaydi – internet ham, boshqasiyam.

Endi oldimizda turgan eng muhim masala SO?Z ERKINLIGI edi. Biz Vazirlar Mahkamasiga bo?ysunamiz. VM esa vazirlik va idoralar degani. Tanqid asosan shularga qaratilgan bo?lsa, qanday qilib so?z erkinligiga erishish mumkin? Demak, Agentlik vazirliklar bilan teng maqomda bo?la olmaydi.

Prezidentga bildirish xati kiritdik. Agentlik bevosita Prezident Administratsiyasiga bo?ysunsagina OAVni himoya qilishi mumkin. Masalani shu nuqtaуi nazardan asosladik. Bizga qo?ng?iroq qilib, og?zimizni yopadiganlar bo?lmasligi kerak. Rahbariyat bu taklifni qo?llab-quvvatladi.

Agentlik xodimlari maoshini bir necha barobar oshirdik. Arzimagan pul to?lab, odamlardan vijdonan ishlashni talab qilib bo?lmaydi. Oyliklar qay darajada o?zgarganini tasavvur qilishingiz uchun misol keltiraman: bir yarim million oladiganlarning maoshi o?n sakkiz millionga chiqdi. Sohani yaxshi biladigan mutaxassis o?z qadrini ham biladi, halol ishlaydigan bo?lsa, o?sha arzimas pulga ko?nmaydi.

«Botir Parpiуevning jiyani» bo?lmaganimda, bu ishlarni eplay olmasdim, albatta. Men shafqatsiz soliq idorasi maktabida juda samarali saboq olganman.






1 O?zMAA – O?zbekiston matbuot va axborot agentligi. Matbuot va axborot sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta?minlovchi davlat organi.

2 Tanzila Kamolovna Norboyeva – O?zbek davlat va jamoat arbobi, 2016-2019-yillari O?zbekiston Xotin-qizlar qo?mitasiga rahbarlik qilgan.

3 Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov – davlat arbobi, 2016-yil 15-dekabrda O?zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o?rinbosari etib tayinlangan.

4 Laziz Tangriyev – 2017-yil iyuldan 2018-yil noyabrgacha O?zMAA rahbari bo?lgan.

5 Dilnoza Ziyamuhammedova – 2020-yil iyundan O?zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining OAV masalalari bo?yicha o?rinbosari, OAV, televideniye va matbuotni rivojlantirish sektori mudiri.

6 Mahmudjon Zaytayev – «O?zbekiston» nashriyot-poligrafiya ijodiy uyi direktorining birinchi o?rinbosari.








II

Parpiyevning jiyani

2001-yil

San?at institutining birinchi kursida o?qiyotganimda qarindoshimiz Baxtiyor aka hozirgi MTRKning1 o?t o?chirish xizmatida ishlaydigan og?aynisi Abdusattor aka bilan kelishib, meni televideniуega amaliyotga joylab qo?ydi. Ota-onam «Darsdan keyin laqillab yurmasin, ishlasin, pul topmasayam, tajriba orttirsin», – derdi. O?zim ham telerejissorlik kasbiga qiziqib, haqiqiy televideniуechi bo?lishga tayyor edim.

MTRKga kirish oson emas, bu nihoyatda yopiq tashkilot. Biror lavozimni egallash u yoqda tursin, eng oddiy ishga joylashish uchun ham tanish-bilish kerak edi. Abdusattor akaga rahmat, oddiy bir talabani praktikaga olishga «Davr»2 dasturi tahririyatini ko?ndirdi.

Ishga ketayotganimda onam qattiq tayinladilar:

– Komiljon, jon bolam, hech kim bilan urishib-talashib yurma, iltimos, birovga gap qaytarma, «xo?p-xo?p» degin, nima ish buyurishsa, darrov aytganlarini qilgin, hammaga foydang tegsin, hammaga yordam bergin, o?g?lim…

Xuddi shunday qildim. «Rejissor yordamchisi assistentining yordamchisi» degan sharafli lavozimda hammaga foydali bo?lay, dedim.

– Hoy, bola, somsaga chiqib ke!

– Xo?p.

– O?v, kassetalarni olib chiq.

– Xo?p.

– Taym-kodini yozib ber.

– Xo?p bo?ladi…

Sekin-sekin ish o?rgandim, bilim, tajriba orttirdim.

O?sha paytda «Davr»ga Furqat Zokirov rahbarlik qilardi. Men uning uchun keraksiz bir matohdek edim. Shuncha ishlab, menga na bir og?iz yaxshi gapirgani, na maqtaganini eslayman. Faqat tanbehini, «Ishdan haydayman!» degan po?pisasini eshitganman. U meni qanchalik yoqtirmasa, men ham o?sha paytda uni shunchalik yomon ko?rardim. Hammaning oldida meni haqorat qilishi yoki arzimagan xatoyim uchun studiyadan haydab solishi mumkin edi. Hech qachon salomimga alik olmasdi, xuddi bu bilan biror joyi kamayib qoladigandek. Eslasam, haliyam tushunmayman, nahotki bir og?iz so?rashish shunchalik malol kelgan bo?lsa?!

«Davr tongi»ga Sevara Nazarxon sevishganlar kunida konsert bergani haqida kichkina lavha tayyorlab, rosmana baloga qoldim.

– Qanaqa sevishganlar? – chinqirdi u. – Jinnimisan? Sevishganlaring nimasi?! Menga nimani tiqishtiryapsan?

Baqir-chaqiri butun MTRKga eshitildi. Shundan keyin iloji boricha uning ko?ziga ko?rinmaslikka harakat qildim. Hech kim tahririyatning qoidalari, siyosatini, umuman, televideniуening yozilmagan qonunlarini o?rgatmasdi. Lekin ishni xuddi tajribali odamdan so?ragandek talab qilishardi. Alam qiladigani shu edi. Ishimni qoyil qilib bajarishga harakat qilganim sari so?kish eshitardim. Men o?zimga boshqacha bir munosabat talab qilmayman. Lekin do?q-po?pisa, haqoratni umuman ko?tara olmayman. Gap eshitmaslik uchun hamma ishni astoydil, o?z vaqtida bajaraman.

Hozirgacha nima ish qilsam, xuddi tepamda Furqat Zokirov aftini burishtirib, «Tahririyatdan haydayman!» deb o?dag?aylayotgandek tuyulaveradi. Hamma loyihalarim pishiq-puxta chiqishi shundan bo?lsa kerak.






Furqat Zokirov meni haydab yuborgan «Davr» studiyasining montaj ko?rikxonasi hamda «Davr tongi» dasturi ijodiy guruhi.

Lavhalarni hammadan yashirincha, eng asosiysi, direktorga ko?rsatmasdan tayyorlashga to?g?ri kelardi. Kamerani yalinib olib, kechalari montaj qilardim. Shundayam televideniуeda bemalol ko?rsatsa bo?ladigan yaxshi material chiqardi. Masalan, «Qutqaruv-050» xizmatiga bag?ishlangan qisqagina lavhamdan hatto Furqat Zokirov ham kamchilik topolmay, efirga qo?ygan.

Keyin FVV3 haqida ko?rsatuv tayyorladim. Binoyidek material bo?ldi, shunchalik o?zimga yoqqanidan FVV ofisiga borib, o?zlariga ko?rsatishga qaror qildim.

Peshona deb shuni aytsalar kerak: men «qaydasan FVV» deb yo?lga chiqqanimda matbuot xizmati boshlig?i kapitan Begmatov yangi tayinlangan vazir Botir Parpiуevning qabulida o?tirib, dakki eshitayotgan bo?lgan. Axborot xizmati ishlamayapti, vazifasini bajarmaydi, yangiliklar e?lon qilmaydi, televizorda ko?rinmaydi… Kapitan Begmatov peshonasidan duv-duv oqayotgan terni ro?molchasi bilan artgancha, boshi qotib o?tiravergan. Vazir haq edi.

Qabulxonadan chiqqan Begmatovga FVV binosida axborot xizmatini qidirib yurgan yosh yigitcha, ya?ni men ro?para kelib qoldim. Kapitan rosa xursand bo?lib ketdi.

– Menga xuddi shu kerak edi! – dedi u, tayyorlagan ko?rsatuvimni ko?rib. Keyin ust-boshimga g?alatiroq qaradi-da (kalta ishton – shortikda edim): «Ertaga tuzukroq kiyinib kel. Shim, ko?ylak… Ministrning oldiga kiramiz», – dedi.

Ertalab FVV eshigiga yetib kelganimda ish kuni boshlanishiga hali o?n besh daqiqa bor edi. Vazirning xonasiga kirdim. Forma kiygan Botir Rahmatovich kattakon stol ortida nimadir o?qib o?tirardi. O?ziyam qoyadek salobatli. Menga bir qarab qo?ydi.

– Assalomu alaykum… – ikkilanib, sekingina stol tomon yurdim. Shu payt kutilmagan voqea bo?ldi. Men Furqat akaning salomimga alik olmasligiga o?rganib qolgan ekanman. Vazir o?rnidan turdi. Stolni aylanib o?tib, menga qo?lini uzatdi.

– Vaalaykum. Yaxshimisiz? – u shunday deb, o?tirishga ishora qildi.

Nimaga kelganim ham esimdan chiqib ketdi. O?zimni yo?qotib qo?ydim. Kimsan vazir men – oddiy bir talaba bilan so?rashish uchun o?rnidan turdi-ya! Bu odamni o?sha kundan hurmat qila boshladim. Haligacha ko?nglimda ana shu minnatdorlik hissi bor.

Botir Rahmatovich materialni ko?rib, juda mamnun bo?ldi. Ishim unga yoqdi.

– Yashang! Endi qog?oz-qalam olib, yozing. Mana bu joyida galstuk sal qiyshayib qopti, bunisida furajkani to?g?rilash kerak. Manavi yerga bunaqa kirib borilmaydi, bu tomondan emas, narigi tarafdan…

Vazirning gaplarini yoza turib, kayfiyatim tusha boshladi. Video gazeta uchun yozilgan reportajmas-ku, besh daqiqada o?zgartirib tashlasam. Qiyshaygan bo?yinbog?ni to?g?rilash uchun o?sha lavhani boshqatdan tasvirga olish kerak. U paytlari MTRKda hech kim o?zicha kamera ololmas, texnika jurnalistlarga jadval bo?yicha, navbati bilan berilardi. Olasan, qo?l qo?yasan, joyiga borib, tasvirga tushirib kelasan, xullas, o?ziga yarasha tartib-qoidasi bor. Keyin hamma materialni montajda yig?ib, render qilish kerak.

– Yozib oldingmi? Senga ertagacha muhlat.

Qanday ulgurganimni bilmayman-u, lekin epladim. Kechasi bilan uxlamadim. Ertalab tayyor qilib bordim.

– Barakalla! Faqat kecha manavi joyi esdan chiqibdi-da, shuniyam qo?shib qo?y, kechqurun ko?rsatasan.

Vaqt kechagidan ham kam. O?shanda hayotimda birinchi marta umuman iloji bo?lmagan ishni qilib, kechgacha topshiriqni bajardim.

– Ana endi hammasi joyida, – dedi vazir. – Efirga beraver!

Kulib yuboray dedim.

– Botir Rahmatovich, men televideniyeda kichkina odamman. MTRK raisi u yoqda tursin, muharrir ham gaplashib o?tirmaydi men bilan. Uni hatto ko?rmayman ham. Lavha efirda ketishi uchun uning imzosi kerak.

– Yo?g?-e? – astoydil hayron bo?ldi vazir. – Mayli, shuyam muammomi?..

U telefonda Ko?chimovning4 raqamini terdi..

– Abdusaid aka, bizni qo?llab turganingiz uchun rahmat, yigitlaringiz zo?r ekan, juda yaxshi ko?rsatuv tayyorlashibdi…

Ishxonada Furqat Zokirov meni qilich yalang?ochlab kutib turgan ekan. Bu safar u butun Toshkentni boshiga ko?tarib baqirdi. Men uni bir tiyinga olmay, ruxsatsiz, navbatsiz kamera olib chiqib ketibman. «Tirrancha, dumbul, ahmoq, eshshak… Menga yuqoridan bosim o?tkazaman, deb o?ylama!»

O?sha kundan boshlab ikki o?t orasida qoldim. FVVdagilar aytsa, lavha tayyorlab beraman, keyin direktor menga zahrini sochadi: har safar vazirlikdan qo?ng?iroq qildirib, texnika jadvalini buzarmishman.

Ish ko?p, MTRKdan yarim kechasi qaytardim. «Navoiy» metro bekatidan oxirgi poyezd tungi 12:03 da jo?nar, nima qilib bo?lsayam, ulgurishim kerak edi. Bunaqa paytda metroda deyarli odam bo?lmaydi, faqat farrosh xola kattakon shvabrasini perronning u boshidan bu boshiga sudrab yuradi, yana ikki militsioner mudrab o?tiradi. Bekat bo?m-bo?sh, nimqorong?i, ovozlar aks-sado beradi, o?ziga xos hidi bor… Metroning hidini shunaqa yaxshi ko?rardim-ki… Bu uyga qaytish hidi edi. Tonneldan keladigan shamol va yaqinlashayotgan poyezd chiroqlarini aytmaysizmi! U meni yana bir og?ir ish kunidan ozod qilib, erkinlikka olib chiqadigandek tuyulardi. Hammasidan ko?ra shu yoqimli edi.

Mening bekatim – eng oxirgisi. Shuning uchun ba?zan yo?lda uxlab qolsam ham, kerakli bekatdan o?tib ketmasdim. «Beruniy5 – oxirgi bekat. Vagondan chiqayotganda buyumlaringizni unutmang». Shu so?zlarni eshitib, uyg?onib ketardim.

Beruniyda soat tungi o?n ikkidan keyin jamoat transporti qatnamas, Qoraqamishga6 yetib olish uchun taksichilar turgan «pitak»ka kelardim. Oxirgi manzil – Tansiqboyev ko?chasi, to?rt yo?lovchi yig?ilmaguncha, mashina yurmaydi. Men oldingi o?rindiqqa joylashib, sovuq kunlari pechkani yoqishni so?rardim va ryukzagimni quchoqlagancha boshqalarni kutib, uxlab qolardim. Taksi birpasda to?lardi.

Ko?pincha oxirida men qolardim. Haydovchilar har safar: «Tansiqboyevgacha deganding-ku, tush endi!» deb men bilan tortishar, men esa yana ikki yuz metr yurishim kerak edi. Qattiq charchaganimdan «Sal nariroqqa tashlab qo?ying, aka» – deb yalinardim.

Uxlashdan ham ko?ra tezroq ovqatlansam, derdim. O?n ikki yo?lakli uyimiz uzoqdan ko?zimga kattakon bo?lka non bo?lib ko?rinardi. Xayolan ustiga ikki parrak Yusupov pamildoridan qo?yib, tuz separdim.

Ishdan ertaroq chiqsam, trolleybusda ketib, keyin yana ikki bekat piyoda yurardim. Maktabning yonidan shoshmasdan o?tardim, lekin panjara tugab, qabriston devori boshlanganda yugurishga tushardim – atrof vahimali, qop-qorong?i, salgina shitirlagan tovushdan yuragim yorilay deydi. Yugurganim yaxshi.

Oyim qornimni to?ydirish uchun ishdan kelishimni albatta poylab o?tirardilar. Ikki xonali uyda olti kishi – adam, oyim, buvim, ikki singlim va men yashardik.

Biz – bolalar buvim bilan bitta xonada, yerga ko?rpacha to?shab uxlar edik. Buvim menga duo qilishni o?rgatganlar. Har kuni uxlashdan oldin qiladigan duolari xotiramga qattiq o?rnashib qolgan. Ma?nosini tushunmasdim-u, baribir qandaydir xotirjam bo?lib qolardim. Keyin esa o?z bilganimcha, derazaga, yulduzlarga qarab duo qilardim. Xudo eng yorug? yulduz tomonda, u meni aniq ko?rib turibdi, menga yordam beryapti, yaqinda boy, mashhur va baxtli bo?lib ketaman, deb qattiq ishonardim…

Lekin hozircha har kuni ertalab MTRK eshigida sarg?ayib, kimdir meni o?zi bilan olib kirib ketishini poylardim. Menga hatto ichkariga kirish uchun ruxsatnoma ham berilmagan, shuning uchun doim kimningdir etagiga osilib olardim. Sabrim chidamay, ichkariga qo?ng?iroq qilsam, «Davr»ning mas?ul kotibi Dilshod aka menga bobillab berardi: «Qo?ng?iroq qilaverma! Hammaning joniga tegib ketding! O?shatta kutib o?tir!» Mayli, umri uzoq bo?lsin. Lekin shu gaplarni o?qisin, bir paytlar meni hatto ruxsatnomagayam loyiq ko?rmagan edi. Haligacha alam qiladi. Undanam yomoni, maosh beriladigan kuni «Davr»ning hamma xodimlari yetmish ming, yuz ming so?mlab olib, cho?ntagini to?ldirib ketishar, menga esa bir yarim-ikki ming so?m tegardi. Direktorimiz, agar iloji bo?lganida, telestudiyaning tabarruk polini oyoqosti qilganim uchun yonimdan to?lattirarmidi, deb o?ylab qolaman.

Keyin meni FVV matbuot xizmatiga ishga chaqirishdi. Bu hayotimdagi birinchi haqiqiy omad edi. FVV binosi shaharning qoq markazida, hozirgi Senatning o?rnida joylashgandi. Bu vazirlikka kirish ham xuddi MTRK binosiga kirishdek qiyin bo?lgan. Ochig?i, men «Davr»dan hecham ikkilanmay, jon deb ketdim. FVVdan guvohnoma, forma berishdi, bosh mutaxassis lavozimiga tayinlashdi. Qanchalik omadim kelganini xayolga ham keltirish qiyin – men o?sha paytda o?zboshimchalik bilan «zachyotka»ga baho qo?yganim uchun institutdan haydalgandim.






MTRK apparat studiyasida «Soliq xizmati» ko?rsatuvini yozib olish jarayoni.

Men o?qimoqchi bo?lgan O?zMU jurnalistika fakultetiga kirish qiyin, konkurs katta edi. Kirishimga ko?zim yetmadi, tinchgina San?at institutining rejissorlik fakultetiga hujjat topshira qoldim. Rejam oddiy edi – bir yil o?qib, keyin jurfakka «perevod» qilaman. O?qishga kirishdan ko?ra ko?chirish osonroq. Rektorning menga munosabati juda yaxshi edi, ammo ikkita fandan kuzga qoldim. Bittasini-ku, kursdoshim Dilmurod bilan amalladik – baho qo?yib berishga domlani ko?ndirdik. Buyam lekin oson bo?lmadi, chunki xuddi shu odam meni deb dekan o?rinbosari lavozimidan olib tashlangan va oddiy o?qituvchi qilib qo?yilgan edi. Men uning ichib yurishini rektorga chaqib berganman. Shunda ham domla menga yordam berdi. Sahna nutqi fanini esa «yopolmay» qol-dim. O?qituvchi opaxon dam olishga ketibdi. Shu fandan baho olmasam, o?qishni ko?chirib bo?lmas ekan.

Somsaxonada o?rtog?im bilan «zachyotka»larimizga birpas qarab o?tirdik. Men somsadan bir tishlab, daftarchaga «uch» bahoni o?xshatib chizdim. Somsaga qo?shib insofniyam yevorganim yo?q, «besh» emas, «uch» qo?ydim, xolos. Keyin o?rtog?imga ham boplab chizib berdim. O?zimizcha, bu ayolning ham bolalari bordir, bizni to?g?ri tushunsa kerak, taqdirimiz hal bo?lyapti-ku, kelganida hammasini ochiq aytib beramiz, u bizni kechiradi, debmiz. Hujjatlarni topshirdik. Buyog?iga buyruqni kutish qoldi.

Ikkinchi sentabr kuni opaning oldiga bordik. Gapni uzoqdan boshladim: oilada yolg?iz o?g?illigim, ota-onam meni odam bo?lsin deb, ToshDUga7 kirishimni bir umr orzu qilgani…

– Nima demoqchisan? – so?radi Xatira opa.

– Biz o?qishni ko?chirmoqchi edik. Siz dam olishga ketgan ekansiz. Shunga, nomingizdan o?zimizga «uch» baho qo?yib… Uzr endi, opa…

To?g?risini aytsam, Xatira opaning bunchalik jahli chiqishini kutmagandim. Xuddi men «zachyotka»ga baho emas, vasiyatnomasiga qalbaki imzo qo?ygandek, birdaniga portlab ketdi.

– Bu nimasi, Komiljon? Axir bu jinoyat-ku! Noqonuniy ish qilgansiz!

Xatira opa gapirgani sayin nima ish qilib qo?yganimni, qalbaki «uch» arzimagan narsa emasligini tushunib yeta boshladim. U bizni rektorning yoniga sudrab bordi: «Agar bu ikkovini hoziroq institutdan haydamasangiz, men ketaman!» – deb shart qo?ydi. Qattiq turib oldi. Chunki talabaning, ustiga ustak kelajakda mafkurani belgilaydigan talabalarning yolg?onini kechirib bo?lmaydi. Shuncha yalinsak ham, opa ko?nmadi. Ikki oyog?ini bir etikka tiqvoldi. Pul ham, tanish-bilish ham yordam bermadi.

Onamni chaqirtirib, shartta: «O?g?lingiz institutdan haydaldi», – deb e?lon qilishdi. O?sha yerning o?zida hushlaridan ketib qolmasinlar ishqilib, deb qo?rqib turdim.

Oyim bilan Kosmonavtlar xiyobonidan jimgina yurib ketyapmiz. Kayfiyat rasvo. Sekin gap boshladilar:

– Mayli, Komiljon. Bildim, sendan katta odam chiqmas ekan. O?zi rabochiyning bolasi rabochiy bo?lar ekan-da. Hechqisi yo?q, hozir adangning ishxonalariga boramiz, seni o?zlariga yordamchi qilib oladilar. Hunarli bo?lish ham yaxshi narsa. Moshina tuzatib non topasan.

Undan ko?ra, tarsaki tushirganlari ming marta yaxshi edi. Onamning bor umidlari mendan, menga ishonardilar. Men bo?lsam shuni bilib turib, pand berdim.

2002-yil

Mana endi chalamulla talabani vazirlikka ishga olishyapti. Xatira opadan ko?pam xafa bo?lmadim. Bu voqeadan katta saboq oldim, qaysidir ma?noda o?sishimga ham shu sabab bo?ldi. Eng asosiysi, yolg?on ertami-kechmi fosh bo?lishini vaqtida tushunib yetdim. Yolg?onni ichingda saqlab, qachondir oshkor bo?lishidan qo?rqib yashagandan ko?ra, qilmishingga yarasha o?sha zahoti jazo olgan yaxshiroq ekan. Boshida FVV formasida, guvohnomamni ko?tarib Xatira opaning oldiga bormoqchi bo?lib yurdim. «Mana, kim bo?lganimni bir ko?rib qo?ying…», – degim kelardi. Vaqt o?tib, mening kelajagimga aynan Xatira opa turtki berganini tan oldim. U ustozning oldiga anchadan keyin bordim. Nimalarga erishganimni gapirib berdim. Lekin suhbatimiz umuman boshqa ohangda bo?ldi.

U vaqtda esa mendan baxtli odam yo?q edi. Hamma orzularim ushala boshlagan, oldinda meni omadli parvoz kutayotgandek edi.

Bu shiddatli parvoz to?qqiz yil davom etdi. Shuncha yil har bitta ikir-chikirga e?tibor beradigan, talabchan perfeksionistning qo?l ostida jonimni berib, bayram, dam olish nimaligini bilmay ishladim. Yo hammasini qoyil qilib qo?yasan, yoki umuman keraging yo?q. O?shanda bir narsani sezganman – o?zimga dushman orttirishga usta ekanman. Bu «fazilatim»dan umr bo?yi qutulolmadim.






FVV matbuot xizmatida. «Qamchiq» maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi faoliyati haqida reportaj tasvirga olinyapti.

Bir yil ichida FVVning axborot tizimini yaxshigina o?zlashtirib oldim. Mendan doim yangi g?oyalar qaynab chiqar va ular Parpiyevga ma?qul kelardi. Muhimi, men bu g?oyalarni ro?yobga chiqara olardim. Lekin kimdir ishimga aralashsa chidolmasdim, vazir o?rinbosarlari bilan tengma-teng gaplashar edim. Bir yilda ishini qoyil qilib bajaradigan mutaxassis deb hisoblay boshladim o?zimni. Qizig?i, mening hech kim bilan ishim bo?lmasa ham, atrofdagilar nimagadir nuqul mening ishimga aralashar edi. Bu xuddi osh pishirish uchun oshpaz chaqirib qo?yib, keyin uning tepasida turib, «guruchini kam sopsan, yog?ni ko?p quyvoribsan», degandek gap. Indamay, o?ziga qo?yib ber, oldin oshni damlasin, o?xshata olmasa, ana undan keyin tanqid qil! Yo?q, men bir ish qilsam, hamma burnini suqishi shart! Bunga chidolmasdim, shuning uchun Komil Allamjonovni betgachopar, o?jar deb bilishardi. Bir ahmoq yoki tantiq bo?lsam ham mayli ekan, ammo men ishimni qoyillatib bajarardim! Hamma mening «surbetligim» sababini qidira boshladi.

Hatto hukumatdagilar ham o?ylashib gaplashadigan, uncha-munchani yaqiniga yo?latmaydigan, kamgap, odamovi Parpiyev nima uchun bolasi tengi bu yigitchani yetaklab yurganini hech kim tushunmasdi. Oldiniga FVVga ishga oldi, keyin Bojxona qo?mitasiga, undan keyin Soliq xizmatiga. Bu bolaning nimasiga ishonadi? Qarindoshi ekani aniq! Qarabsizki, bu bola generalning jiyani ekan, shuning uchun uni ko?tarko?tar qilyapti, degan mish-mishlar tarqaldi. Bu gaplarga mixday dalil ham topildi, Parpiyev – andijonlik, otasi Marg?ilondan. Mening bobom ham asli farg?onalik. Demak, amaki-jiyanmiz! Vodiyda hamma bir-biriga qarindosh, begonasi yo?q.

Многие люди не понимают, что доверие зарабатывается трудом, а лояльность – хорошим и справедливым отношением. Им даже в голову такое не может прийти, они могут оправдать доверие только родственной связью.

Aslida generalning ishonchiga kirganimning sababi oddiy. U juda qattiqqo?l edi. Yolg?onni, xatoni kechirishi qiyin, soxtalikni yomon ko?rardi. Mening adashishga haqqim yo?q edi. U na shaxsiy hayotim, na bo?sh vaqtim bo?lishini tan olar, o?zi ham tinimsiz ishlar, boshqalarni ham tindirmasdi. Men ham xuddi shunday ishlardim. Qila olmayman, qo?limdan kelmaydi, charchadim, uyga, oyimning oldiga borgim kelyapti, deyishim mumkin emasdi. Uning ishonchini oqlashim shart edi. Buyruqlarini so?zsiz bajarardim, e?tiroz bildirmasdim, erinchoqlik qilmasdim. Botir Rahmatovich professional xodimlarning qadriga yetardi. Shunday ishlaganim, doim unga yoqadigan natijani bera olganim uchun ham meni bir tashkilotdan ikkinchisiga o?zi bilan olib yurar edi. Unga «jiyan» ekanimni keyinroq, «Uzmetronom»dagi 8maqoladan bildi.

Ishonch mehnatning orqasidan, sadoqat esa yaxshi va adolatli munosabat tufayli keladi. Lekin buni ko?pchilik tushunmaydi. Odamlar faqat qarindoshlarga orqa qilish mumkin deb o?ylashadi.

Parpiyev FVVdan ketganidan keyin men ham u yerda uzoq ishlamadim. Lekin bu tashkilotning axborot xizmati saviyasini aynan men yangi bosqichga ko?tardim, deb o?ylayman.





















U paytda odamlar FVV haqida hech nima bilmasdi, umuman, qutqaruvchilar borligidan ham bexabar edi.

Boshqarma boshlig?i polkovnik Ergash Ikromov tozalikka katta e?tibor berardi. U boshqarmaga kirib kelganida hovli chinniday bo?lishi, kabinetida isiriq tutatilishi shart edi. Idora hovlisiga har kuni suv sepib, supurib qo?yilar, qutqaruv mashinalari yaraqlab, biror marta ishlatilmagan texnika yap-yangiligicha turardi.

Boshida ishimiz ko?zga ko?rinishi uchun oldin bo?lib o?tgan voqealarni sahnalashtirib, tasvirga oldik. Xuddi kinolardagidek, «jarohatlangan» haydovchilarning yuziga qon o?rniga ketchup surtilardi. Suv toshqinlari, yong?inlarni o?quv mashqlariga o?xshatib uyushtirdik. FVV qanday ishlayotganini ko?rsatish uchun bu qahramonliklarni efirga berdik. Keyinchalik joylarga kamera bilan borib, favqulodda vaziyatlarni jonli tarzda suratga oladigan bo?ldik.

Ko?rsatuv ommalashib, odamlar Qutqaruv xizmatining 050 raqamiga qo?ng?iroq qila boshladi. Qutqaruvchilarning qo?li qo?liga tegmasdi: liftda qamalib qolganlar bormi, quduqqa tushib ketgan mushuk bormi…

Esimda, bir kishi «Jemchug»9 do?koni tepasidagi uyning to?qqizinchi qavatidan o?zini tashlamoqchi bo?libdi. Turli xizmat vakillari yetib keldi, qutqaruvchilar uni zo?rg?a to?xtatib qolishdi. «Odam hayotga bir marta keladi, hali hammasi zo?r bo?ladi», – deb yaxshi gapirib, xuddi Amerika kinolaridagidek rosa to?rt soat nasihat qilishdi. Oxiri amallab ko?ndirishdi. Pastga tushganida esa ketiga boplab tepib, so?kib-so?kib, o?z joniga qasd qilgani uchun jinnixonaga yuborishdi. U shuncha odamning to?rt soat vaqtini o?g?irladi!

Ko?pincha qutqaruvchilarni avariya bo?lgan joylarga, mashina ichida qolib ketgan odamlarni chiqarib olish uchun chaqirtirishar edi. Biz bu vaziyatlarni efirda ko?rsata boshladik. Orada DAN xodimlarining kamchiliklarini ham gapirib o?tadigan bo?ldik. U paytda FVVga vazir qilib Baxtiyor Subanov tayinlangan edi. Oldin Ichki Ishlar vaziri o?rinbosari lavozimida DAN sohasini nazorat qilgan Subanov xuddi sobiq hamkasblaridan o?ch olayotgandek bo?lib qoldi.

Vazir Matbuot xizmati boshlig?i lavozimiga o?zining odamini qo?ydi. Yangi rahbarim menga efirda o?lim holatlarini ko?rsatishni va IIVni tanqid qilishni taqiqladi.

Men esa «xo?p» deb, baribir o?z bilganimdan qolmadim. Nimani lozim topsam, efirga beraverdim. Bu IIV vaziri Almatovga tegib ketibdi. «Sening ko?rsatuvlaringni deb, IIVning boshida kaltak sindi, Prezident apparatidan gap eshitishdi», – deyishardi menga. Toshkent shahar IIBga Allamjonovning ovozini o?chirish buyurildi. «IIBdagilar cho?ntagingga nasha tashlab qo?yib, qamatmoqchi», – degan gap qulog?imga yetib keldi. Odatda yaxshilikcha ko?nmaydiganlarni shunday jazolashardi.

Bir kuni ertalab ishga kelsam, atrof to?la militsiya, Allamjonovni qidirishyapti. Yana janjalning uyasiga tushib qoldim. O?shanda meni polkovnik Ikromov himoya qilib, qutqarib qoldi, shu bolaning hayoti barbod bo?lmasin, dedi. Shundan keyin bir oy uydan chiqmay qo?rqib o?tirdim. DAN xodimlari har kuni haydovchimni to?xtatib, mayda-chuyda ayb topib, boshini qotirishardi.

FVVda olgan birinchi maoshimni hamkasb akaxonlarim bilan «yuvib» yo?q qilganmiz. Uyga oborib, oyimga ko?rsataman deb shuncha kutgan pulimni hamtovoqlarimga ichirib yuborganman. «Sharq»ning10 pastidagi kafeda joy aytib qo?yishgan ekan, birinchi oyligim ziyofatga ketgan. Uyga arzimagan uch-to?rt so?mni ko?tarib kelganman.

Ikkinchi oyligim ham xuddi shunaqa qilib havoga sovurildi. Yoshi katta, azamat ikki harbiyga nima ham deya olardim?

Keyingi gal ayyorlik qildim. Pulimni eng oxirida, hammadan keyin berasiz, deb kassir opa bilan kelishib qo?ydim. Oyligimni oldim-u g?aroyib boshliqlarim, og?aynilarim meni tutib olmasidan uyga qarab qochdim.

2005-2006-yillar

Parpiyev Davlat soliq qo?mitasi raisi lavozimini egallaganida uning birinchi o?rinbosari Erkin Fayziyevich Gadoyev edi. Islom Abdug?aniyevich «bo?lib tashla va hukmronlik qil» degan siyosatni olib borar, vazir o?rinbosarlari rahbariga nisbatan doim kishi bilmas oppozitsiyada bo?lardi. Karimov shu yo?l bilan o?ziga kerakli ma?lumotni yig?gan bo?lishi mumkin, lekin bu narsa jamoaviy ishni o?ldirar, faqat ichki fitnalarni keltirib chiqarardi. Tizim iyerarxiyasi bo?yicha har bir xodim kimningdir odami edi: Parpiyevning odami, Gadoyevning odami, Azimovning odami… Bunaqa sharoitda ishni boshqarish uchun rahbar o?z taktikasiga ega bo?lishi kerak. Parpiyev soliq qo?mitasiga o?tganida hammaga ishdan bo?shash haqida ariza yozishni taklif qildi. Yangi jamoa tuzishini aytdi. Hamma ariza yozdi. Keyin Botir Rahmatovich xotirjam o?tirib, bo?layotgan qo?ng?iroqlarni, kim kim uchun iltimos qilib chiqqanini yozib oldi va kuchlar taqsimotining to?liq jadvaliga ega bo?ldi. Qoyilmisiz?

Parpiyev bergan hamma topshiriqlarni uning o?rinbosari o?sha zahoti yo?qqa chiqarishi meni doim hayron qoldirardi. Men – «Parpiyevning odami» bu paytda DSQ matbuot xizmatida ishlardim.

– Nimaga oldimga kiraverasan? Nima keragi bor shuni? – biror taklif, qandaydir zarur ish bilan xonasiga kirsam, Gadoyev har safar norozi bo?lib kutib olardi. Yordam berishni xayoliga keltirmasdi.

Mustaqillikning o?n olti yilligiga bag?ishlab maxsus albom chiqaradigan bo?ldik. Soliq sohasida erishilgan hamma yutuqlarni, yangilik va o?zgarishlarni ko?rsatmoqchi edik. Ishchi guruh tuzildi. Bosh javobgar menman, lekin hech qanday vakolatim yo?q. Ya?ni, yugur-yugur qilasan, axborot to?playsan, odamlardan statistika ma?lumotlarini yig?ishga harakat qilasan, ammo hamma senga eshikni ko?rsatib yuboradi, birov gapingga quloq solmaydi, mabodo ma?lumot berishsa ham, bir tiyinga qimmat bo?ladi.

Parpiyevning oldiga kirdim. Kitob deyarli tayyor, ba?zi ma?lumotlar yetishmayotgan edi, xolos.

– Kitobni tezroq chiqaringlar! Yaqin kunlarda Prezidentga ko?rsataman, – dedi u. Keyin Gadoyevga qo?ng?iroq qilib, menga yordam berishni topshirdi. Telefonda o?rinbosarning «Xo?p!» degani eshitildi.






DSQning navbatdagi kollegiya yig?ilishida.

Gadoyevning oldiga kirdim.

– Qayerdan olding bu gapni? To?rt kunda kitob tayyor bo?larmish! Kim to?rt kunda kitob chiqararkan?!

– Erkin Fayziyevich, kitob deyarli tayyor, menga faqat…

Menga nima kerakligini Gadoyev eshitib ham o?tirmadi, har doimgiday javrab-javrab nasihatini boshladi. Xullas, ma?lumot ololmadim.

Ikki o?t orasida qoldim. Rahbarlar-ku keyin bir-biri bilan kelishib ham ketar, o?rtada aybsiz aybdor men bo?laman.

Ochig?i, qo?rqib ketdim. O?zimni ikki kattakon kitning o?rtasida majaqlanib, ovozi chiqmaydigan mayda baliqchadek his qildim. Parpiyevning bir xislati bor edi, hech qachon hech nimani esidan chiqarmasdi. Aytgan ishi qilinyaptimi, yo?qmi – har soatda tekshirib turardi. Har so?raganida «Ishlayapmiz», deyman, lekin aslida hech narsa qilinmayotgan edi.

Yana qabuliga kirishga majbur bo?ldim.

– Botir Rahmatovich, kitobni vaqtida topshira olmayman. Erkin Fayziyevich urishib, kabinetidan haydab soldi. Bekorchi ish bilan shug?ullanma, dedi. Nima qilay?

Generalning yomon jahli chiqqani ko?rinib turardi. Lekin menga indamadi, gapni cho?zmadi, «Boraver» – deb qo?ydi.

Dushanba kuni majlis. O?zi shundoq ham har dushanba bo?ladigan majlislarni ko?rgani ko?zim yo?q, bu safargisi ayniqsa ortiqchalik qilayotgan edi. Kamiga o?sha kuni kechasi deyarli uxlamaganman, zo?rg?a ko?zimni ochib, ishga uchib yetib keldim, apil-tapil formamni kiydim. Majlis aniq belgilangan vaqtda boshlanadi, kechikish mumkin emas.

Lanj bo?lib o?tiribman, ko?zlar kirtaygan, qovoqlarim shishib ketgan. Qo?mita raisining gaplari qulog?imga bir kirib, bir kirmaydi. Qarasam, har gapida o?rinbosariga murojaat qilyapti. U-bu taklif berib, keyin Gadoyevning fikrini so?raydi. Gadoyev odob bilan, chiroyli qilib g?oyani puchga chiqaradi.

Shu payt kutilmaganda Parpiyev stolga bir musht tushirdi. Choynak-piyolalar uchib ketdi, hammaning ko?zi moshday ochildi.

– Erkin Fayziyevich, siz meni ahmoq deb o?ylayapsizmi? Nima topshirsam, «yo?q» deysiz! Takliflarimni yo?qqa chiqaryapsiz, barcha islohotlarimga to?sqinlik qilyapsiz!

Rais jahl bilan o?rnidan turgan edi, stuli bir chekkaga uchib ketdi. Qo?lidagi qalam chirsillab sindi, uniyam uloqtirib yubordi. Hammaning o?takasi yorilib, zal jimjit bo?lib qoldi.

– Mana, Allamjonovni olaylik! – vazir zalga qarab, meni topdi. O?tirgan joyimga yopishib qoldim, birdan hojatga borgim kepqoldi. – Men unga kitob chiqarishni topshirgandim, siz esa haydab solibsiz. Nega bu kitob kerakmas, dedingiz?

– Men unaqa demadim, unaqa deganim yo?q… – o?zini oqlamoqchi bo?ldi Gadoyev. Uning qattiq qo?rqib ketgani bilinib turardi.

Parpiyev ko?zoynagini yechib, stolning ustiga otib yubordi-da, zaldan chiqishda eshikni shunaqa qarsillatib yopdiki, devorda yoriq paydo bo?ldi.

Men esa stulga yopishgancha ichkarida qolib ketdim. Gadoyev hammaga bir-bir ko?z tashlab, sekingina: «Majlis tugadi», – dedi. Yig?ilganlar jimgina tarqala boshladi.

Keyin u mening yonimga keldi.

– Bir daqiqaga mumkinmi? Kabineting qayerda edi?

Ikkovimiz xonamga kirdik. U savollari bilan meni burchakka tiradi:

– Senga nima yomonligim tegdi? Nega ustimdan shikoyat qilding?

Men jonimni qutqarish uchun, joyida og?zimga kelgan bahonani to?qidim:

– Erkin Fayziyevich, Botir Rahmatovich so?raganiga aytdim-da… Sizni «Kitob to?rt kunda o?xshamasa-chi», – deb kuyib-pishyaptilar, dedim… Falon gapiga piston deb javob berdim… Meni boshqacha tushunibdi…

Tabiiyki, Gadoyev aytganlarimga ishonmadi.

Uni qanchalik yomon ahvolga solganim bir necha daqiqadan keyin ma?lum bo?ldi. «Hamma o?z joyida o?tirsin, hech kim hech qayoqqa chiqmasin» degan buyruq keldi. O?sha kuni yarim kechagacha hamma xonasidan chiqmay o?tirdi. Rais esa qayoqqadir ketdi. Keyin bilsam, hech qayerga xabar chiqib ketmasligi uchun ko?rilgan chora ekan bu. Gadoyev o?zining odamlarini, tanklari va artilleriyasini tortib kelishga ulgurmasin deb shunday qilinibdi.

Ertasiga majlisga Bosh vazir Shavkat Miromonovich Mirziyoyev11 keldi. Gadoyev lavozimidan olindi. Lekin u ham shuncha yildan beri bekorga birinchi o?rinbosar bo?lmagan ekan, baribir tanklarini ishga solibdi. O?rinbosar bo?lib qoldi, faqat Akademiyaning12 rektori sifatida. Qo?mitadan ketib, ichki ishlarga aralashmaydigan bo?ldi.

Uning o?rniga hozirgi Bosh vazir o?rinbosari Behzod Anvarovich Musayev keldi. Siyosatimizning liberal qanoti. U bilan ishlash ancha oson edi.

Keyin DSQ va umuman davlat xizmatidan ketish navbati menga yetdi. Men bu qarorga kalta o?ylab yoki to?satdan kelmadim. Boshqa ilojim qolmagandi.

Botir Rahmatovich rahbarlik qilgan hamma idoralarda haftalik majlislarning kun tartibini o?zi tuzardi. Bu odatdagidek kimdir zerikarli hisobot beradigan, hamma «qachon tugarkin shu», – deb tezroq uyga ketgisi keladigan majlislar emasdi. Har safar katta sinovdan o?tgandek bo?lardik. Rais yordamchilari bo?limlar uchun alohida savollar tayyorlab qo?yishardi. Bu bo?lim rahbarlarini boshi berk ko?chaga kiritib qo?yadigan savollar edi. Parpiyevga majlisda ko?tariladigan masalalar bo?yicha oldindan ma?lumot to?plab berilar, minbarga chiqqan xodim ko?pincha qaltis ahvolga tushar edi. Bo?lim boshliqlari kaltak tagida qolmaslik uchun zo?r yo?lni o?ylab topishdi. Dilshod To?raxonovdan «Bizning xizmatni kun tartibiga qo?ymang», – deb iltimos qiladigan bo?lishdi. Bilmadim, balki quruq iltimos bilan ish bitmagandir. Xullas, ko?pincha hamma qolib, minbarga bitta men chiqadigan bo?ldim. General meni ayab o?tirmas edi. Kotibiyat boshlig?i Dilshod To?raxonov meni o?lguday yomon ko?rib qolgan, har safar oyog?imdan chalishga harakat qilardi.

Oxiri bu ahvol jonimga tegdi. Nima, Soliq qo?mitasida mendan boshqa masala qurib qolganmi? Men jadval tuzib, unga hamma bo?limlarni, hatto kanselyariyani ham kiritdim. Ro?yxatga qo?shilmagan faqat qorovul qoldi. Bu hujjatni Parpiyevga olib kirib, oxirgi paytlari majlislar bir qolipda o?tayotganini aytdim. «Hamma navbati bilan hisobot bersin, har bir bo?lim o?zining ishini matbuotda yoritsin», – dedim. U rozi bo?lib, jadvalni imzoladi.

Endi meni minbarga chiqarishsa, topshiriqlarni kimlar bajarmayotganini shartta aytadigan bo?ldim. Muhtaram hamkasblarim og?zimni yopish uchun meni ham «To?raxonovning ro?yxati»ga kiritib qo?yishibdi. O?rtaga pul tashlashgan bo?lishsa kerak.

Qisqasi, qilgan ishim uchun ta?zirimni yedim, meni kechirishmadi. Ustimdan nimalardir to?qib, tuhmat qilishdi. Shunchalik bema?ni bahona o?ylab topishdiki, hozir aniq nima gap bo?lganini eslolmayman ham. To?qqiz yil deganda Parpiyev majlisda birinchi marta hammaning oldida rosmana po?stagimni qoqdi. Men esa o?zimni oqlay olmadim. Hammasini miq etmay eshitib turdim. Endi bu yerda ishlolmasligim aniq edi.

Chiroyli ketmoqchi bo?ldim. Oradan to?qqiz yil o?tgan bo?lsa ham, bu inson salomimga «vaaleykum» deb alik olganini, menga bir yugurdak emas, odam deb muomala qilganini esimdan chiqarmagandim.





oldiga kelib, gaplashib olmoqchi ekanimni bildirdim.

– Mayli, kelsin, – debdi Botir Rahmatovich.

Ertasi kuni Parpiyevning oldiga kirib, o?zimning biznesimni boshlash uchun ketmoqchiligimni aytdim.

– Xafa bo?ldingmi?

– Yo?g?-e, nega unaqa deysiz? Nimaga xafa bo?lishim kerak?

– Xafa bo?libsan… – dedi general. – Ko?rib turibman-ku. Mayli, arizangni yoz. Omadingni bersin.

Men ketdim, lekin intizomga o?rgatgani, bergan saboqlari uchun Botir Rahmatovichdan haligacha minnatdorman. U menga doim zarbaga tayyor bo?lib, uni qaytarishni, eng asosiysi, iloji yo?q narsaning o?zi yo?qligini o?rgatdi. Xohlasak, hamma narsaga erisha olarkanmiz. Bunday olganda, u meni rostdan ham o?z jiyanidek tarbiyaladi.

Shunday odamning «jiyani» degan yuksak nomga dog? tushirmadim, deb o?ylayman.

Men o?z biznesimni boshlab, birinchi millionimni ishlab topdim. Bolaligimdan pul topishga harakat qilardim. Afsus, rejalarim doim ham o?xshayvermasdi.






1 MTRK – Milliy teleradiokompaniya.

2 «DAVR» – MTRK «Yoshlar» telekanalining axborot dasturlari tahririyati.

3 FVV – O?zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

4 Abdusaid Ko?chimov – o?zbek jurnalisti, 1997-2005-yillarda O?zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi.

5 «Beruniy» – Toshkent metropoliteni O?zbekiston yo?nalishining oxirgi bekati.

6 Qoraqamish – Toshkentning Olmazor tumanidagi mavze.

7 ToshDU – Toshkent davlat universiteti. 2000-yil yanvardan Mirzo Ulug?bek nomidagi O?zbekiston Milliy universiteti.

8 Uzmetronom – O?zbekistondagi mustaqil sayt. 2020-yilning may oyigacha blokda bo?lgan.

9 «Jemchug» – Toshkent shahridagi mashhur «Jemchug» (marvarid) do?koni joylashgan, ko?pqavatli tajribaviy loyihalangan uy.

10 «Sharq» – nashriyot-matbaa konserni.

11 Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – 2003-yil dekabrdan 2016-yil dekabrgacha O?zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, 2016-yil 14-dekabrdan O?zbekiston Respublikasi Prezidenti.

12 Akademiya – Davlat soliq qo?mitasi huzuridagi Soliq akademiyasi.








III

Shakar, vanna, press, baklajka

To?qsoninchi yillar oilamiz boy bo?lmagan, lekin och ham qolmaganmiz. Onam doya, otam avtoslesar edi. Bolalar tug?ilavergan, mashinalar buzilavergan, ota-onam ishsiz qolmagan. Ularning eng katta orzusi farzandlariga yaxshi ta?lim berish bo?lgan. Shuning uchun oyim o?qishimni oltinchi sinfdan ToshDU qoshidagi gimnaziyaga (keyinchalik akademik litseyga aylantirildi) o?tkazgan. Hech kimga pul-mul bermagan. Oyim pora berish kerakligini bilmasdi ham.

Pul – ajoyib narsa! U menga doim zavq bergan. O?zi oldindan boshqalarga o?xshab faqat oylikka ko?nib yashash niyatim yo?q edi. Katta bo?lganimda ko?p pul topishimga, xohlagan narsamni sotib olishimga aniq ishonganman. Lekin bu kunlarni uzoq kutishga sabrim chidamasdi. Hoziroq boyib ketib, mahallamiz yoshlari havas qiladigan yangi «qahramonlarimiz» – magazinchilar, choyxona va makaron fabrikalarining xo?jayinlari, popkorn sotuvchilarga o?xshab yurgim kelardi. Hammasining tagida yangi mashina, oyog?ida krossovka, egnida zamonaviy sport kiyimi, jinsi shim – xullas, butun dunyoda ulardan zo?ri yo?q.

Kommunistik mafkura puchga chiqqan paytlar. Qo?ni- qo?shni orasida faqat biznes rejalar, tez va osongina boyib ketish yo?llari haqida gap-so?zlar yurardi. Biz o?n uch ya-shar o?smirlar ham cho?ntagimizda doim pul bo?lishini xohlardik. Ko?p tengdoshlarim o?zi ishlab daromad topar, kimdir oilasiga yordam bersa, yana kimdir kichik orzulariga pul yig?ardi.

Mendan yollanma ishchi chiqmadi. Ammavachchamning jo?xori qalamchalari chiqaradigan sexida bir kun ishlab ko?rdim. Arzimagan pul uchun ertalabdan kechgacha ter to?kib mehnat qilish menga emas ekan.

Vazifam nimadan iborat edi? Jo?xorini oldin «drobilka»ga, keyin maxsus apparatga solamiz. Jo?xori doni issiq havo bosimi ostida paqillab yorilib, qalamchaga aylanadi. Ish haqi tayyor mahsulotning kilosiga to?lanadi. Bir uyum jo?xori qalamchasini chiqarib, kamida o?n kilogramm bo?ldi, deb o?ylaysan. Tortib ko?rsang, zo?rg?a yarim kilo chiqadi. Ish kuni oxirida ammavachcham pul o?rniga qo?limga o?zim tayyorlagan jo?xoridan tutqazdi. Uyga kelib, «ish haqim»ni stolga qo?ydim-u yechinmasdan, o?zimni krovatga tappa tashladim. Ertalabgacha qotib uxlabman. Uyg?onganimda aniq bir qarorga keldim – men hech qachon yollanma ishchi bo?lmayman!

Gap og?ir mehnatdan qochishda emas. Menga birovning cho?ntagini to?ldirish uchun belni bukib, evaziga arzimagan chaqa topish yoqmadi. Bunaqa kapitalizmni hazm qila olmasdim. Biz litseyda o?zimiz popkorn tayyorlab sotardik. O?zimiz uchun ishlardik, shunga mehnati malol kelmagan. Ko?pi kuygan, bemaza popkornimiz uncha yaxshi ketmasdi. Bu tadbirkorlik faoliyatimda birinchi saboq bo?lgan – mahsuloting sotilishini xohlasang, ishni sifatli qil!

O?n uch yoshimda qand qiroli bo?lishga qaror qildim. O?zimga velik olishim kerak edi. Velosipedi bor o?rtoqlarim uchishga bermay qo?yishdi. Ota-onam esa: «Komiljon, veliksiz ham doim qayoqlardadir sang?ib yurasan, velosiped minsang, seni umuman topolmay qolamiz!» – deb gapni qisqa qilishdi.

Biznes-reja bunday edi: bir qop shakar sotib olinadi, uni qandga aylantirib, ustiga pul qo?yib sotiladi. Shakar bilan qandning narxi orasidagi farq – sof foyda.

Tayyor shakar sexini ijaraga oldim. «Sex» deganda ko?z oldingizga nima keldi bilmadim-u, ammo bu hech kim yashamaydigan tashlandiq bir uy edi. Undagi bor uskuna – tegirmon, press, fanera, vanna, isitkichli fen va bir yarim litrlik baklajka, xolos. Oldin shakar kukunga aylantiriladi. Keyin vannaga solib, ustidan bir yarim litr sovuq suv quyiladi. Kukun nam tortib, qorga o?xshab g?irchillab qolganda, pressdan chiqarilib, faner ustiga yoyiladi. Qand shakliga solinib, fenda quritiladi. Bir kecha-kunduzda bir qop shakar oldi-berdiga ishlatiladigan, to?y-hashamda dasturxonga qo?yiladigan shirinlikka aylanadi.

Otam ko?p magazinchilarning mashinasini tuzatardilar. Shu tanishlaridan mahsulotimni sotib berishni iltimos qildilar.

Bu sexda ishchi ham, farrosh ham, mol yetkazib beruvchi ham, direktor ham o?zim edim. Sexni ijaraga olishdan oldin do?stlarimga sherikchilikni taklif qildim, ular ko?nishmadi. Balki to?g?ri qilishgandir. Ikki hafta o?tgach, do?konlarda shakar ko?rinmay qoldi, keyin birdan narxi oshib ketdi. Qanddan tushadigan ozgina foyda ham yo?q bo?ldi. Shunday qilib, birinchi biznesim sindi. Qizig?i shundaki, do?stlarim moliyaviy krizisni oldindan ko?ra bilgani uchun emas, ishyoqmasligi, harakatsizligi tufayli hamkorlikdan bosh tortishdi. Biz birga o?sib katta bo?ldik, lekin hozir jamiyatdagi o?rnimiz orasida osmon bilan yercha farq bor.

Hamma ham boy-badavlat bo?lishi shart, demoqchi emasman. Ba?zilarga bu narsa kerak emas, ularning o?z orzulari bor. Kimdir vrach, kimdir alpinist, uchuvchi, sayohatchi, jurnalist yoki yozuvchi bo?lishni orzu qilib, shu maqsadi bilan yashaydi. Hozirgi yoshlar orasida bundaylar borgan sari ko?paymoqda. Pul ular uchun ortiqcha daxmaza. Lekin boyib ketaman degan odamga faqat orzu va bilimning o?zi kamlik qiladi. Bunda ishchanlik, mehnatsevarlik judayam muhim. Agar ishga o?zingni to?liq bag?ishlay olmasang, yaxshisi boshlama. Biznes – dangasalar uchun emas!

Men erinchoq emasdim. Shunchaki, o?sha vaqtdagi iqtisodiy vaziyatni deb omadim chopmadi va qand qiroli bo?lolmadim. Lekin pul topish yo?lida harakat qilishdan hech qachon to?xtamadim. Menga ishni yo?lga qo?yish, pulni nazorat qilish jarayonining o?zi qiziq edi. Mabodo ishim yurishmay qolsa, g?ayratim yanayam oshib ketardi.

90-yillarni ko?rganlar fikrimga qo?shiladi, deb o?ylayman. Mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat juda qiziq bo?lgan. Foyda ko?rishga intilganlarni chayqovchi emas, tadbirkor deb atay boshlashgan, katta pul topish imkoni tug?ilgan edi. Dorixona, bilyardxona, sauna, tijorat do?konlari yomg?irdan keyingi qo?ziqorindek urchib ketdi. Ana senga erkinlik!






Sinfdoshim bilan madaniyat saroyi binosida, konsertdan keyin.

Kommunistik mafkuraning oyog?i osmondan bo?lib ketgandan keyin xalqni ergashtiradigan g?oyaning o?zi qolmadi. Ayni paytda diniy ekstremizmning ta?siri kuchayib bordi. Soqol qo?yganlar ko?paydi, Karimov ularga qarshi tinimsiz kurashardi. Teraktlar, portlashlar avj olgan tahlikali davr edi. «Musaffo osmon» g?oyasi davlat mafkurasiga aylandi. Urushsiz, tinch yashasak bo?ldi, olam guliston! Ammo bu g?oya juda bo?sh edi. Unda super boylarning paydo bo?lishi ko?zda tutilmagandi. Davlat rahbariyati boyvachchalar jamiyat osoyishtaligini buzishidan qo?rqardi. Mayli, foyda ko?rsang ko?r, faqat ikki quloch tijorat do?konidan nariga o?tma! Mashina ol, uy sol, topgan tillangni uch litrli bankada saqla, lekin oligarx bo?laman deb xayolingga ham keltirma.

Shuning uchun korxona tashkil etish juda qiyin masala bo?lib, kerakli eshiklar kerakli odamlargagina ochilardi. Ko?pchilikni hoziroq, joyida daromad topish yo?llari qiziqtirardi. Bugun pul tikasan, ertaga foyda ko?rasan. Bemalol bir ishni tashlab, osongina boshqasini yurgiza olishing kerak. Ildizi baquvvat, avloddan avlodga o?tadigan biznes-imperiyalarni qurish uncha-muncha odamning rejasiga kirmagan. Yurtimizda egalarini super boy qilgan, uzoq muddatli, rosmana muvaffaqiyatli ishlab chiqarish obyektlari deyarli yo?qligining sababi shunda.

1998-1999-yillar

Gimnaziyada prokurorlar, deputatlarning bolalari bilan o?qiganman. Doim atrofdagilarga birovdan kam emasligimni isbotlashga majbur edim. To?g?ri, men u yerga porasiz, hech qanday qo?ng?iroqsiz, o?z bilimim bilan kirganman. To?g?ri, ota-onam oddiy odamlar. Lekin menga past nazar bilan qarashlariga yo?l qo?ymasdim. Gimnaziya direktorining: «Allamjonov, yaxshi o?qi. Seni «kontrakt»da o?qitishga ota-onangning baribir qurbi yetmaydi», – degan gapi ayniqsa yomon tegib ketgan. Hammaning oldida kamsitgani uchun yap-yangi «Moskvich»ining g?ildiragini teshib, o?chimni olganman.






«Fun boys» guruhi konsertidan so?ng sinfdoshlarim davrasida.

Sinfdoshlarimning menga munosabati yomon emas edi. Ayniqsa, «Fun boys» guruhini tashkil qilib, konsert qo?ya boshlaganimizdan keyin yana ham yaqin bo?lib qoldik. Men loyiha rejissori edim. Tomoshalarimizda ustozlarning ustidan ham kulardik. Hammasining emas, albatta. Bizningcha, yaxshi o?qita olmaydigan, zolim va poraxo?r o?qituvchilarni masxara qilardik.

«Ikki yarim» laqabli o?qituvchimizni yaxshi eslayman. Uy vazifasini qanchalik yaxshi tayyorlab kelmaylik, ikki yarim baho qo?yardi. Bunaqa bahoning o?zi yo?q-ku, o?quvchilarni yerga urish uchun shuni o?ylab topgan. Konsertimizda «u» sahnaga chiqib olib: «Men fizika o?qituvchisiman, ismim Muxtazar, mana qirq yildan beri erga tegolmayapman», – derdi.

Shunaqa. Hech kimni ayamas edik. Konsertdan keyin direktor meni xonasiga chaqirtirib, bunday «ssenariylar» uchun po?stagimni qoqardi. Indamay boshimni egib turar, lekin konsertlarni to?xtatmasdim.

Boshida chiptalar tekin edi. Keyin o?ylab qoldim. Biz dastur, har bitta sahna, musiqa ustida yotvolib ishlayotgan bo?lsak, tomoshabinlarga yoqayotgan bo?lsa, nima uchun konsert tekin bo?lishi kerak?

Tashkiliy ishlarga, chipta, afishalar tayyorlashga pul tikish kerak. Oyimning oldilariga keldim. Ular: «Adangdan so?rab ko?r», – dedilar. Ammo men otamdan cho?chirdim, ayniqsa, bu pulni nimaga ishlatmoqchi ekanimni aytishga qo?rqdim. Onam menga har doim ishonganlar. Yig?ib-tergan o?n ming so?mlarini qo?limga berdilar.

Chipta sotib o?tirishni o?rtoqlarimga topshirdim. Hech qaysisi pul so?rab ota-onasini bezovta qilmadi. Bu tashkilotchining, ya?ni mening bosh og?rig?im edi. Ota-onam meni qo?llab-quvvatladi.

Homiylar bilan ham o?zim kelishdim. «Aylin» turk pechenyesi maktabimiz hisob raqamiga 25 ming o?tkazdi. Maktab direktori shundan bir yarim ming so?mni ovoz kuchaytirgich – usilitelga deb berdi. Qolgan pulni ko?rmadim. Direktor bizni chuv tushirdi.

Yana bir hamkorimiz «Radio-peydj»1 bo?ldi. Konsertimiz haqida tekinga e?lon berishdi. «Nestle» kompaniyasi esa o?zini zontlarini o?rnatib, stakanda kofe tarqatdi. Yana uch-to?rtta homiyni ko?ndirish uchun tijorat taklifi bilan butun shaharni aylanib chiqdim. Boshqa hech kim rozi bo?lmadi.

Ravshan Sobirov, Guli Tolipovaning menejerlariga, boshqa artistlarga ham qo?ng?iroq qilib, konsertda chiqib berishlarini so?radim. «Tomsuvoq»qa ko?ndirdim.

Tabiiyki, mingta chipta sotolmadik, ikki yuztasi ketdi, xolos. Homiylarning oldida sharmanda bo?lmaslik uchun bo?sh joylarni mehmonlar bilan to?ldirdik. Mehribonlik uyi direktoriga iltimos qilib, tarbiyalanuvchilarini opkeltirdim.

Hamma yig?ildi. Ammo… birorta artist yo?q. Qo?ng?iroq qilaman, hech qaysisi javob bermaydi. Odamlar qarsak chala boshladi, oradan bir soat o?tdi, bittasiyam kela qolmaydi.

Bir balo qilib, endigina tanilayotgan Davron Ergashevni topdik, konsertni shu boshlab berdi. Omadim chopib, tadbirni olib borishga professional boshlovchi ham chiqib qoldi. Keyin Otabek Madrahimovga o?xshab ketadigan bir yigitni ko?rsatishdi. Chiroqlar o?chirildi, maxsus effektlar yoqildi, yigitchani sahnaga chiqarib yubordik, fonogramma ostida «kuyladi».

Viktorina o?tkazildi, «Nestle» kofelari tarqatildi. Xullas, prodyuser degan nomimni oqladim.

Faqat kimdir «Nestle» zontigini o?marib ketibdi. Oyimga qo?ng?iroq qilib, shuniyam yetkazishdi. O?rniga o?zlarining soyabonlarini ko?tarib kelibdilar. Yo?qolgan zont egalari matohlari qanchayam dollar turishini aytishdi. Onam dollarda oldi-berdi qilib yurgan bo?lsalar ham mayli ekan.

Men «Nestle» direktoridan qarzimizdan kechishini yalinib so?radim. O?shanda nega bizni kechirganini bilmayman. Ko?ziga judayam ayanchli va rostgo?y ko?ringan bo?lsam kerak-da. Konsertdan tushgan foydani o?rtog?im va sherigim Sardor bilan sovurib yubordik. Eng zo?r ko?zoynak, krossovkalar sotib olib, o?zimizni xuddi ommaviy tadbirlar direktorlaridek tuta boshladik. Oyimga bo?lsa olgan o?n mingimdan ming so?mgina qaytardim, orttirganim shu bo?ldi.

Baribir konsert chiroyli o?tdi. Shu sakkiz yuz kishilik tadbirni o?tkaza olganimiz ham bir omad, deb o?ylayman. Yaratganning qo?llagani bu. Agar qo?shiqchilar kelmaganida, bilmadim nima bo?lardi, sahnaga o?zim chiqib ketarmidim…

Bizning yoshligimizda biznes qilish bir avantyura, g?irt tavakkalchilik edi. Hozir bo?lajak tadbirkorlarga aniq, har tomonlama puxta biznes-reja tuzishni, pul bilan imkoniyatlarni chamalashni, bozor va raqobatchilar ishini tahlil qilishni o?rgatishadi. U paytda esa biz ishni oldi-orqamizga qaramay boshlab yuborardik. Tayinli bir rejaning o?zi bo?lmasdi. Xuddi eshkaksiz qayiqqa o?tirib olib, oqim qaysi tomonga olib ketsa, manzilimiz shu ekan, deb ketayotgan sayohatchilarga o?xshardik. Pul topish uchun nima qilish kerakligini keyinroq tushuna boshladim. «Soliq-info» loyihasi ana shunday paydo bo?ldi.






1 «Radio Peydj Semurg» – peyjing kompaniyasi.








IV

Soliq-info

Karimov davrida hamma muharririni taniydigan, ismini biladigan yagona mustaqil sayt «Uzmetronom» edi. Biz har kuni proksi serverlar orqali kirib, Sergey Yejkovning «Tahririyatga xatlar» deb taqdim etadigan insayder yangiliklarini o?qirdik. Ammo men o?shandayoq bu maqolalarning so?z erkinligiga umuman aloqasi yo?qligi, shunchaki o?ch olish quroli ekanligini tushunganman.

Karimovning qabuliga kirmoqchi bo?lganlarga arzirli sabab kerak edi. Shuning uchun «Uzmetronom» xabarlarini qog?ozga chiqarib, «Matbuotda mana nimalar berilyapti…» degan bahona bilan kirishardi. «Matbuot» esa kimga buyurtma tushsa, o?shaning ustidan mag?zava ag?darardi. Mening familiyam bu saytning doimiy «bezagi» bo?lgan. Sergey Aleksandrovich qo?ygan har bir qadamim haqida ma?lumot berardi va xabarni chiroyli badiiy to?qimalar bilan qorishtirishni boplardi. Maqolalarini qoyilmaqom qilib yozardi-yu, lekin faktlari ancha bo?sh bo?lardi. Gapi ishonarli chiqishi uchun oz-moz haqiqat ham aralashtirib qo?yardi, albatta.

Meni «Parpiyevning jiyani»ga chiqargan va bor yutuqlarimni (buni ko?proq muvaffaqiyatsizlik degan bo?lardim) qarindosh-urug?chilikka yo?ygan aynan shu odam bo?ladi.

U «Soliq-info»ga majburiy obuna uyushtirilganini qoralab maqola yozgan va tagida shunday izoh qoldirgan edi: «Yurtimizda «Soliq va bojxona xabarlari» gazetasi bor-ku, yana bitta gazetaga nima hojat?» Muallif faqat bir masalaga aniqlik kiritishni unutgandi. «SBX» – xususiy nashr. Bu gazeta ham u paytga kelib, xo?jalik hisobiga o?tgan «Pravda Vostoka», «Xalq so?zi», «Postda» va boshqa barcha davlat nashrlari kabi majburiy obuna hisobiga kun ko?rardi. Respublikaning deyarli 99% nashri majburiy obuna orqali tarqatilardi. «Soliq-info» ulardan biri edi, xolos. Lekin hamma «olqishlar» faqat mening boshimga yog?ildi. Vaholanki, men qonunni buzmagandim. Qolgan nashrlarning egalari bir chekkada muloyimgina bo?lib turishdi. O?sha davrda holat bunday edi: senzura kuchli, so?z erkinligi yo?q, gazetalar o?qishli emas, hech kim sotib olmaydi. Lekin barcha nashrlarning yopilib ketishiga ham yo?l qo?yib bo?lmaydi. Shuning uchun davlat o?zi bosh-qosh bo?lib, deyarli barcha gazetalarga obunani tashkil qilib berardi.

Shaxsan men buni noto?g?ri deb hisoblayman. Administratsiya rahbari o?rinbosari qilib tayinlanishim bilan majburiy obunaga chek qo?yish haqida buyruq berdim. Gazetalarga raqamli texnologiyalardan foydalanib, dijital marketingga o?tishni va bozor iqtisodiyotiga moslashishni taklif etdim. «Soliq-info»ni ham yopdim.

2008-yil

«Soliq-info» o?zi qanday paydo bo?ldi? Parpiyev bir necha marta «SBX» gazetasining muassisi Mixail Markovich Perperga gazetani tuzukroq chiqarish, sifatli qog?ozda, ranglarini tiniq qilib chop etish kerakligini gapirgan. Haqiqatan, gazetaning qog?ozi o?ta arzon, ko?rinishi talabga javob bermasdi. Mixail Markovich har safar «xo?p», deb, yana o?z bilganini qilardi. DSQ raisiga yoqmagani uchungina gazetaning tannarxini oshirishdan ma?no yo?q, deb hisoblar edi.

Perper raisning aytganini qilavermagach, Parpiyev navbatdagi xizmat yig?ilishida hammaning ichida mendan: «Gazeta chiqarish qo?lingdan keladimi? – deb so?radi. – Qog?ozi ham, bosmasi ham sifatli bo?lishi, foydali ma?lumotlar bilan boyitilishi kerak.»

Albatta qo?limdan keladi! Soliq qo?mitasida bir dunyo ma?lumot bo?lsa! Buxgalterlardan doimiy savollar kelib turar, soliq inspektorlari ularning har bittasiga alohida yozma javob berishardi. Bu javoblar esa hamma uchun foydali edi.

Ammo bitta muammo chiqib qoldi. «SBX»ni barcha davlat tashkilotlari buxgalterlari olishlari shart edi. Bizning gazeta ham o?zini qoplashi uchun obunani yo?lga qo?yishimizga to?g?ri kelar ekan.

– Hal qilamiz, – dedi rais. – Asosiysi, gazetani yaxshi, foydali, sifatli tayyorlang! DSQning rasmiy bosma nashri bo?ladi.

Shu joyida bir gap aytay. «Soliq-info»ning ixtiyoriy xaridorlari ham ko?p edi. Gazeta buxgalterlarga ma?qul keldi, ularning doimiy ish quroliga aylandi. Ular, ya?ni «Soliq-info»ga o?z xohishi bilan obuna bo?lganlar haqida hech kim bilmaydi. Lekin DSIning1 «obuna bo?lish shart» degan qo?ng?iroqlaridan norozilar hamma yoqqa shov-shuv ko?tardi.

Eng birinchi ofisimiz yerto?lada joylashgandi. Gazeta chiqarish – murakkab jarayon. Qiziqarli material to?plashning o?zi yetarli emas. Gazetani sahifalash, chop etishning sir-asrorini ham bilish kerak.

Biz Rossiyaning shu yo?nalishdagi hamma nashrlarini o?rganib chiqdik. Gazetani rosmana qo?llanmaga aylantirsa bo?lar ekan, unda interaktiv – buxgalterlar bilan muloqot, savol-javoblar berib borishimiz shart, degan xulosaga keldik.

«Soliq-info»ni har tomonlama «SBX»dan yaxshiroq qilib chiqarishga harakat qildik. Seminarlar o?tkazib, muammoli masalalarni ko?tarardik. Viloyatlarga ham borganmiz. Soliq sohasidagi mutaxassislar bilan butun mamlakatni aylanib chiqqanmiz. Tadbirkorlarni yig?ardik, ular savollariga professional ekspertlardan to?la-to?kis javob olishardi. Qisqasi, shu ishga jon-jahdimiz bilan kirishib ketdik.

Biz uchun gazetaning jonli bo?lishi muhim edi. Har bir ruknni davomli yuritishga erishdik va bu o?zini oqladi. Mavzular sondan songa kengroq yoritib berilar, natijada, o?quvchilar davomini kutardi.

So?rovnomalar o?tkazib, u yoki bu muammo bo?yicha tadbirkor va buxgalterlarning fikrlarini o?rganib chiqqanmiz. Ijtimoiy tarmoqlar paydo bo?lganida, biz ulardan birinchilardan bo?lib foydalana boshladik.

Maqolalarni o?zimizda ishlaydigan soliq maslahatchilaridan tashqari Moliya vazirligi va Soliq qo?mitasi mutaxassislari tayyorlar, gazetada jurnalistlar deyarli yo?q edi. Dolzarb mavzularni ko?tarishga, tezkor ma?lumotlar berishga harakat qilardik. Bugungi kun tili bilan aytganda, biz yangiliklarni yaratayotgan edik.

Dadil ayta olamanki, «Soliq-info» tufayli buxgalterlarning tushunchasi o?zgara boshladi, kasbiy malakasi oshdi. Gazeta DSQning rasmiy nashri bo?lgani uchun buxgalterlar juda katta mablag?larni tejashga, soliq sohasida huquqbuzarlikning oldini olishga, umuman, soliq tizimini optimallashtirishga yordam beradigan eksklyuziv axborotlardan foydalanish imkoniga ega bo?ldilar. Ayni paytda mutaxassis konsultant yollashga hojat qolmadi, chunki gazetaning o?zi eng yaxshi maslahatchiga aylandi.

Boshida gazeta faqat rus tilida nashr etilardi, keyinroq o?zbek tilida ham chiqara boshladik. Shtat 40 nafar xodimgacha kattalashdi. Ofisni Soliq qo?mitasi qoshidagi sport majmuasiga ko?chirdik. Tahririyatimiz ancha oyoqqa turib oldi.






«Soliq-info» gazetasi majlislar zalida.

G?oya va takliflar berib, jamoani yo?naltiradigan asosiy tashkilotchi men edim. Xodimlarning qornini to?ydirish, ularni munosib maosh bilan ta?minlash ham mening vazifamga kirardi. Juda ahil jamoa yig?ildi. Bayramlar, timbildinglar uyushtirar, hatto basseynga birga borardik. Rosmana bir oilaga aylanib qolgan edik.

Men yaxshi rahbar edim va bu menga qimmatga tushdi. Meni bir me?yorda, xotirjam yashashga qo?ymaydigan omad cho?qqisining navbatdagi pog?onasi bo?ldi bu.

Xodimlar shefning tug?ilgan kuniga syurpriz tayyorlashibdi. «Soliq-info» gazetasining maxsus menga atalgan sonini bittagina nusxada, lekin xuddi rostakam gazetaga o?xshatib, maxsus qog?ozda chiqarmoqchi bo?lishibdi. Tipografiyadan: «Ofsetni bir nusxada bosmadan chiqarib bo?lmaydi, kamida ming nusxa bo?lishi kerak», – degan javob kelgan. Mingta bo?lsa, mingta-da. Qolganini o?zimiznikilarga tarqatamiz, esdalik bo?lib qoladi, undanam ortsa, omborda joy ko?p… Qo?l ostimdagilar o?rtaga pul tashlab, maxsus sonni chop etishgan. Birinchi betda kattakon suratim, tagida sarlavha: «2017-yil: Komil Allamjonov hayotida nimalar sodir bo?ldi?» Gazeta sahifalari boshidan oxirigacha o?ttiz uch yoshimgacha erishgan yutuqlarim bilan to?ldirilgan.





Конец ознакомительного фрагмента. Получить полную версию книги.


Текст предоставлен ООО «ЛитРес».

Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию (https://www.litres.ru/pages/biblio_book/?art=65666546) на ЛитРес.

Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.



Если текст книги отсутствует, перейдите по ссылке

Возможные причины отсутствия книги:
1. Книга снята с продаж по просьбе правообладателя
2. Книга ещё не поступила в продажу и пока недоступна для чтения

Навигация